Tadbirkorni 15 sutkaga "tiqmoqchi" bo‘lgani aytilgan hokim yuzasidan rasmiy izoh berildi

Tadbirkorni 15 sutkaga "tiqmoqchi" bo‘lgani aytilgan hokim yuzasidan rasmiy izoh berildi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda termizlik “Bio texno eko” MCHJ rahbari bo‘lgan suhbat e’lon qilinib, unda Termiz shahri hokimi O‘ktam To‘rayev uni 15 sutkaga qamamoqchi bo‘lgani aytilgan. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, unga aholi tomonidan shaharning belgilanmagan hududiga tashlab ketilgan chiqindini o‘z vaqtida yig‘ishtirib olmaslik, shahardagi lotoklarni tozalamaslik aybi qo‘yilgan.

"Hokim yig‘ilish paytida shahar IIB boshlig‘iga topshiriq berib, tezda olib borib 15 sutkaga tiqasan va bo‘yniga jarima qo‘yasan dedi. Kimi kelsa ham chiqarmaysan deb topshiriq berdi", - dedi tadbirkor.

Suhbat audiosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, Termiz shahar hokimligi holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, mutasaddilar, keng jamoatchilik faollari ishtirokida Termiz shahri bo‘ylab bunyodkorlik ishlarining borishi ko‘zdan kechirilganda, chiqindixonalardagi to‘planyotgan chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotganligi haqida aholi tomonidan norozilik kayfiyatida e’tirozlar bildirilgan.

Shu bois, o‘rganish jarayonidagi mazkur ishlarga bevosita mas’ul va javobgar bo‘lgan “Bio texno eko” MCHJ tomonidan chiqindixonadagi chiqindilarni olib ketish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni muntazam ravishda bajarmasdan kelayotganligi va shaharni obodonlashtirish qoidalarini buzganligi sababli ichki ishlar organlari tomonidan huquqiy baho berilishi so‘ralgan.

Termiz shahar IIB tomonidan holat batafsil o‘rganilgan va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra to‘plangan hujjatlar asosida “Bio texno eko” MCHJ rahbari Shernazarov Shuxratga nisbatan MJtKning 161-moddasiga asosan, BHMning 1 baravari, ya’ni 330 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llash bo‘yicha bayonnoma tuzilgan.

Ushbu holat bugun, 26 noyabr kuni ham shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan xolis baho berish uchun qayta o‘rganildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!