Tadbirkorlik faoliyati: konstitusiyaviy kafolat nima beradi?

A A A
Tadbirkorlik faoliyati: konstitusiyaviy kafolat nima beradi?

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati kafolatlarining Konstitusiya normalari orqali mustahkamlanishi kelajakda biznesni ma’muriy va boshqaruv jihatidan nazorat qilishning keskin qisqarishiga, sof raqobatning rivojlanishiga, mulkdorlar keng qatlamining shakllanishiga hamda monopolistik harakatlarning cheklanishiga olib kelishi mumkin.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va kafolatlarini mustahkamlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash masalalari hozirgi kunda tobora dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirishdagi turli xil omillarning o‘zgaruvchanligi, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, turli darajada qabul qilinayotgan qarorlar, normativ-huquqiy hujjatlar hamda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning ayrim jihatlari tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati barqarorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Shuning uchun butun dunyoda tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda.

Bu borada davlatimiz rahbarining 2021 yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ular tomonidan 15 mingdan ortiq savol, taklif va tashabbuslar berilgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning (Biznes-ombudsman) ma’lumotlariga ko‘ra, 5211 ta murojaat kelib tushgan. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, so‘nggi yillarda yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilishiga qaramay, hamon sohada yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Bular ichida xususiy mulk bilan bog‘liq muammolar, kredit olishdagi kamchiliklar hamda ularning huquqlarining buzilishiga oid masalalarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Mamlakatimizda konstitusiyaviy islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonda Konstitusiyaviy komissiyaga aholi, tashkilot va korxonalar tomonidan ham tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, unga erkinlik yaratish borasida bir qancha takliflar kelib tushgan. Shu bilan birga, joriy yilning 20 iyun kuni davlat rahbarining Konstitusiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida mazkur masalaga alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, “Iqtisodiyotimizni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘lgan tadbirkorlikning rivojlanishi yo‘lidagi barcha to‘siq va g‘ovlarni olib tashlashimiz zarur. Toki, katta-kichikligidan qat’i nazar, har bir tadbirkor doimo davlat, Konstitusiya, qonunlar hamda Prezident himoyasida ekanini amalda his etsin”, deb alohida ta’kidlab o‘tdi.

Chunki tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga, balki ishsizlikning oldini olishga, kambag‘allikni qisqartirishga hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga turtki bo‘ladi.

Tahlillarga e’tibor bersak, rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 55-67 foizi kichik biznes va tadbirkorlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich AQShda 52-55 foizni, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 63-67 foizni, Yaponiyada 52-57 foizni tashkil etadi. “G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan 17,1 mln. korxonalarning 99,9 foizi kichik biznes korxonalari hisoblanadi. Ularning hissasiga umumiy sanoat hajmining 50 foizi, xizmatlar sohasining 67 foizi, qurilish va savdoning deyarli 90 foizi to‘g‘ri kelib, 70 foizdan ortiq ish joylari kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari hisobiga ta’minlamoqda.

O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi biznes uchun qulaylik yaratish bilan birga, ishlab chiqarish va eksport samaradorligiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Agar tahlillarga e’tibor bersak 2021 yilda mamlakatimizda kichik biznesning YAIMdagi ulushi 54,9 foizni tashkil etdi. Mazkur davrda kichik tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi 27,0 foiz, qurilishda 72,4 foiz, eksportda 22,3 foiz, importda 48,7 foiz hamda bandlikda 71,3 foizni tashkil etgan.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish hamda xususiy sektor ulushini oshirish masalasi mazkur strategiyada ustuvor masalalardan biri sifatida e’tirof etilib, unda mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish, aholi uchun doimiy daromad manbalarini shakllantirish hamda biznes uchun keng sharoitlar yaratish belgilangan. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish evaziga 2026 yil yakuniga qadar yurtimizda xususiy sektorning YAIMdagi ulushini 80 foizga, eksportdagi ulushini esa 60 foizga yetkazish orqali ishsizlik darajasini kamida 2 barobar qisqartirish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yukini kamaytirish hamda korxonalarning mol-mulk solig‘i stavkasini 2 foizdan 1,5 foizga tushirish belgilangan. Biroq, mamlakatimizda tadbirkorlikka berilayotgan e’tiborga qaramay, haligacha sohada hal etishi lozim bo‘lgan ko‘plab muammolar mavjud.

Demak, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati kafolati Konstitusiyaning tegishli normalari orqali mustahkamlanishi kelajakda biznesni ma’muriy va boshqaruv jihatidan nazorat qilishning keskin qisqarishiga, sof raqobatchilik amaliyotini rivojlanishiga, mulkdorlar keng qatlamining shakllanishiga hamda monopolistik harakatlarning cheklanishiga olib keladi. Chunki mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati, birinchi navbatda, huquqiy jihatdan kafolatlanishiga hamda moliyaviy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvvatlashga muhtoj.

Nodirbek RASULOV,

iqtisodiyot fanlari doktori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Manba: "Real" ertaga g‘alaba qozonmasa, Alonso ketadi. Uning o‘rnini kim egallashi ham ma’lum

Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Tramp Lotin Amerikasiga zarbalar berishni e’lon qildi

АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.

Diario AS: Yurgen Klopp "Real" borasida bir qarorga keldi

"Ливерпуль"нинг собиқ устози Юрген Клопп катта эҳтимол билан "Реал"ни бошқармайди.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.

Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi

«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.

Sem Altman bola tarbiyasini ChatGPT’siz tasavvur qila olmaydi

Альтман болаларни ҳеч қачон сунъий интеллектдан “ақллироқ” бўлмаслигини, лекин улар олдинги авлодга нисбатан анча қобилиятли бўлиб ўсишини таъкидлади.

Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Булунғур тумани ИИБ профилактика инспектори жиноий жазога тортилди. Унга нисбатан қўзғатилган жиноят иши ЖИБ Пайариқ туман судида кўриб чиқилиб, ҳукм ўқилди.