Tadbirkorlar faoliyatida 2023 yilda amalga oshirilgan tekshiruvlar soni 2022 yil davriga nisbatan 26 foizga (42 914 taga) kamaygan

Tadbirkorlar faoliyatida 2023 yilda amalga oshirilgan tekshiruvlar soni 2022 yil davriga nisbatan 26 foizga (42 914 taga) kamaygan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Biznes-ombudsman devoni sho‘ba mudiri Mirafzal Miralimov ma’lum qildi.

2023 yilda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida jami 124 123 ta tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2 399 tasi (2 foizi) kelishilgan holda, qolgan 121 724 tasi (98 foizi) xabardor etilgan holda o‘tkazilgan. O‘tkazilgan tekshiruvlarning:

⏺78 % yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga asosan;

⏺22 % havfni tahlil etish natijalariga asosan o‘tkazilgan.

Biznes-ombudsmanga nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlarni kelishish uchun “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan jami 4 703 ta buyurtmadan 2 399 tasi (51 foizi) kelishilgan va qolgan 2 304 tasi (49 foizi) tekshiruv o‘tkazish uchun qonuniy asoslar mavjud bo‘lmaganligi sababli rad etilgan.

Tekshiruvlar qonuniyligi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring doirasida 5 034 ta noqonuniy tekshiruv o‘tkazilganligi, 14 533 ta holatda tekshirish o‘tkazish tartibi buzilganligi aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!