Tabiiy gazga o‘zboshimchalik bilan ulangan sexlar faoliyati fosh etildi

Tabiiy gazga o‘zboshimchalik bilan ulangan sexlar faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Dang‘aratumangaz” bo‘limi sobiq rahbari X.R. lavozimda ishlagan davrida mansab vakolatini suiiste’mol qilib, fuqaro A.YU. va A.K.lar oldindan til biriktirib, “J.” Fermer xo‘jaligida ohak mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 2 ta sexni tashkil etishib, gaz yetkazib berish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirib, 112 ta qo‘lbola gaz yondirgichlarni umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan holda gaz ta’minoti korxonasiga 74,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shuningdek, “Dang‘aratumangaz” bo‘limi sobiq rahbari X.R. faoliyati davomida “J.” fermer xo‘jaligiga qarashli ohak sexida o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanganligi yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnomalar bo‘yicha 642,7 mln so‘m zararni undirish choralarini ko‘rmaganligi ma’lum bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 1852-moddasi 3-qismi, 205-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!