Svetlana Tixanovskaya Vashingtonda Belarus Xalq Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganining 105 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi

Svetlana Tixanovskaya Vashingtonda Belarus Xalq Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganining 105 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi

2020 yilgi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surgan hamda unda ikkinchi o‘rinni qayd etgan Tixanovskaya Belarus xalqini ushbu kun bilan tabrikladi va Rossiyaning Ukrainaga hujum qilish uchun Belarus Respublikasi hududidan foydalanishini qoraladi.

"Erkin Belarus orzusi uchun mamlakatning ko‘plab faollari o‘z hayotlari va erkinliklari bilan boj to‘ladilar. Ukrainaliklar ham xuddi shunday yuqori bojni to‘lamoqdalar. Siyosiy mahbuslarimiz, partizanlarimiz, ko‘ngillilarimiz bizning g‘ururimiz va vijdonimizdir. Ukraina bilan urushda Rossiyaning mag‘lubiyati bizni yangi Belarus sari yaqinlashtiradi. Va keyin bizda yangi demokratik hukumat paydo bo‘ladi, unga Belarus xalq respublikasi o‘z vakolatlarini ishonch bilan topshirishdan mamnun bo‘ladi", — deya ta’kidladi Tixanovskaya.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!