So‘x tumaniga necha nafar qirg‘izistonlik kelib, davolangani ma’lum bo‘ldi

So‘x tumaniga necha nafar qirg‘izistonlik kelib, davolangani ma’lum bo‘ldi

Kecha, 13 may Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyati faollari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish avvalgilaridan o‘zgacharoq formatda boshlandi –soha mas’ullari, vazirlar va hokimlarning hisoboti, Farg‘ona yuzasidan takliflarini eshitishga ko‘proq vaqt ajratildi.

Jumladan, So‘x hokimi Sayidmusayev Sayidbahrom tumandagi vaziyat haqida ma’lumot berdi. So‘nggi yillarda So‘x tumanida barcha sohalar kesimida o‘sish kuzatilayotgani, masalan, birgina tibbiyot sohasi bo‘yicha So‘x tumaniga qo‘shni Botken viloyatidan 840 nafar qirg‘izistonlik kelib, davolanib ketgani ta’kidlandi. Mavjud imkoniyat va talabdan kelib chiqib, tibbiyot turizmini So‘xning yangi o‘sish nuqtasi sifatida rivojlantirish reja qilinayotgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari So‘xda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiya tomonidan yangi sog‘lomlashtirish markazlari qurilmoqda.

Shuningdek, So‘x hokimi Prezidentga murojaat qilib, tumanning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, so‘xlik yoshlar uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun alohida kvotalar ajratishni iltimos qildi. Davlat rahbari oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovga mazkur masala bo‘yicha puxta o‘ylangan va asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!