Surxondaryodagi portlashning sababi aniqlandi

Surxondaryodagi portlashning sababi aniqlandi

Surxondaryo viloyati hokimligida Denov tumanidagi “Indenim” savdo majmuasida sodir bo‘lgan noxush holat sabablari muhokama qilindi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Majlisda "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali direktori M.Mansurov holat bo‘yicha izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, tekshiruvlarda 2013-yilda qurilgan «Indenim» savdo majmuasining ostida Denov tumani hokimligi qozonxonasini gaz bilan ta’minlaydigan yerosti o‘rta bosimli gaz quvuri o‘tkazilgani aniqlangan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, amaldagi qurilish normalari va qoidalariga ko‘ra, inshootning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash uchun Savdo majmuasi o‘rta bosimli gaz quvurining xavfsizlik zonasini hisobga olgan holda qurilishi kerak edi.

Shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq, (https://t.me/axborot_xizmati/10330) ushbu muhofaza zonasi binoning poydevoridan 4 metr masofani tashkil etishi lozim bo‘lgan.

«Indenim» savdo majmuasi gaz quvurining aynan o‘zida qurilgani sababli yer ostidagi kommunikasiyalar sozligini tekshirish uchun kirish yo‘li bo‘lmagan. O‘tkazilgan tekshiruvlarda majmua ostida hosil bo‘lgan daydi toklar metall quvurlarning tashqi korroziyasiga va gaz quvurida nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida gaz sizib chiqishiga va gaz-havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali direktori izohini tinglagan viloyat rahbari, viloyatda nechta noturar ob’ekt shu tartibda gaz tarmog‘iga ulanganini so‘radi. 25 ta ob’ekt shu tartibda gaz tarmog‘iga ulangani bo‘yicha javobni olgach, zudlikda ushbu ob’ektlarni gaz tarmog‘idan uzish hamda viloyatdagi ijtimoiy soha ob’ektlarini inventarizasiyadan o‘tkazib, noqonuniy holatlar aniqlansa, ularni ham gaz tarmog‘idan uzish va havfsiz jihozlarga almashtirish yuzasidan tuman hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va gaz idoralari rahbarlariga topshiriq berdi.

To‘ra Bobolov shuningdek, mazkur holat tafsilotlarini ommaviy axborot vositalari orqali aholiga ochiq-oydin ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yukladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!