Surxondaryoda uyida noyob turdagi kiyiklarni saqlayotganlar aniqlandi

Surxondaryoda uyida noyob turdagi kiyiklarni saqlayotganlar aniqlandi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi xonadonlardan birida noyob turdagi kiyik va uning bolasi saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kiyiklar tumanning Dehqon mahallasida yashovchi fuqaroning uyidan topilgan. Jonivorlar vazirlik ishchi guruhi va "Bobotog‘" milliy tabiat bog‘i xodimlari tomonidan vaqtinchalik Termiz hayvonot bog‘iga topshirilgan.

“Hozirda kiyikning qaysi turga mansub ekanligi, ushbu hududga qanday kelib qolgani va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!