Surxondaryo viloyat IIB Transportda XTBning xabar berishicha, 2020 yil 29 yanvar kuni “XXX” ismli shaxs Surxondaryo viloyat IIB Transportda XTB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Fuqaro o‘z arizasida Boysun tumani Machay qishlog‘ida yashovchi, yoshi taxminan 40-45 lar atroflarida bo‘lgan “Shavkat” ismli shaxs giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotish bilan shug‘ullanib yurganini va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Shundan so‘ng Surxondaryo viloyat IIB Transportda XTB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, 2020 yil 29 yanvar kuni soat 18:00 da Darband temir yo‘l bekati hududida “Darband-Sho‘rob” temir yo‘l bekatlari oralig‘i 142 km. 9-piketiga yaqin joyida joylashgan “Darband” to‘yxonasi va temir yo‘l izi orasidan o‘tgan soy bo‘yida giyohvandlik vositasini “Nazorat ostida sotib olish” jarayonida Boysun tumani “O‘rta Machay” mahallasida yashovchi E. SH. tadbirga mijoz sifatida jalb qilingan “XXX” ismli shaxslarga 4 000 000 (to‘rt million) so‘m evaziga 14 dona “SPICHKI” yozuvli gugurt qutisiga joylashtirilgan och yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli, o‘simliksimon “Marixuana” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddani sotayotgani aniqlanib, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan va ushbu daliliy ashyolar xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilib olingan.
Shuningdek, moddani sotgan shaxs N. T. ekanligi aniqlangan va nazorat tariqasida berilgan pullar ham hujjatlashtirilib olingan. Tergov jarayonida N. ushbu giyohvandlik moddalarini o‘z uyida ekib yetishtirgani ham aniqlandi.
Surxondaryo viloyat IIB EKB sud kimyoviy ekspertizasining 2020 yil 30 yanvar kunidagi 18-sonli xulosasiga ko‘ra, fuqaro E. SH.dan olingan och yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli, quruq holdagi o‘simliksimon “Marixuana” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddaning tarkibida tedragidrokannabinol mavjud bo‘lgan «Marixuana» giyohvandlik moddasi bo‘lib, uning sof vazni 42.98 gramm ekanligi aniqlangan.
Ayni damda mazkur holat yuzasidan fuqarolar E. SH. va N. T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.