Surxondaryoda katta klaster rahbari qamoqqa olingani haqidagi xabarga hokimlik oydinlik kiritdi

Surxondaryoda katta klaster rahbari qamoqqa olingani haqidagi xabarga hokimlik oydinlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlarda huquq-tartibot idoralari tomonidan “Termiz-Jayhun klasteri” MCHJ direktori katta tekshiruv o‘tkazilayotgani ortidan jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Termiz shahar sudi ajrimi bilan qamoqqa olingan, degan xabar tarqatildi.
Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, postda keltirilgan gap-so‘zlar haqiqatga aslo to‘g‘ri kelmaydi. Klaster rahbariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani hamda qamoqqa olingani haqidagi ma’lumotlar mutlaqo asossiz.

“Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq faollariga xalqning fikrini chalg‘itishga undovchi bu kabi ma’lumotlarni tarmoqqa joylashtirmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa asossiz chiqarilgan bu singari xabarlarga chalg‘imasliklarini so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!