Surxondaryoda Afg‘oniston samolyoti qulab tushdi. Jarohatlanganlar bor (FOTO)

Surxondaryoda Afg‘oniston samolyoti qulab tushdi. Jarohatlanganlar bor (FOTO)

15 avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Afg‘oniston farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda qulagan samolyot qismlari va kamida bir inson jarohatlanganligi aks etgan video va fotolar tarqaldi.

«Gazeta.uz» holat bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan izoh ololmadi. Mudofaa vazirligi holatni o‘rganayotganligini ma’lum qildi.

Surxondaryoda Afg‘oniston samolyoti qulab tushdi. Jarohatlanganlar bor (FOTO)

Foto: Topnewsuz / Telegram

«Gazeta.uz»ning Surxondaryodagi manbasi ikki nafar afg‘onistonlik harbiy xizmatchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialiga yotqizilganligini tasdiqladi.

Bu voqeadan bir kun oldin uch afg‘on askari kasalxonaga yotqizilgan. Katta ehtimol bilan, gap O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida xabar bergan uch yarador afg‘on askari haqida ketmoqda.

Besh nafar afg‘onistonlikning ahvoli o‘rtacha deb baholanmoqda. Yaradorlar «ko‘krak qafasining penetral jarohati, miya chayqalishi va boshqalar» tashxisi bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan, deya ta’kidladi manba.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotda bo‘lganlar parashyut bilan sakrashga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik harbiy xizmatchining kasalxonaga yotqizilganligi haqida xabar berilmoqda. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Bu afg‘on samolyot bilan qulashi bog‘liqmi yoki yo‘qmi, ma’lum emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!