Suriyadagi Rossiya harbiylari zilzila oqibatlarini bartaraf etishga yordam bermoqda

Suriyadagi Rossiya harbiylari zilzila oqibatlarini bartaraf etishga yordam bermoqda

Aleppo, Xama, Latakiya shaharlari hamda Jebla, Stamu va Bustan El-Basha aholi punktlarida 6 ta gumanitar yordam tarqatish punkti joylashtirildi.

O‘nta otryad vayronalarni tozalab, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.

Shoygu buyrug‘i bilan ishga 300 dan ortiq harbiy xizmatchi va 60 ta harbiy va maxsus texnika jalb qilingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 538 nafarga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!