Suratlari tarqalib ketgan farg‘onalik ayol deputatlik nomzodidan voz kechdi

Suratlari tarqalib ketgan farg‘onalik ayol deputatlik nomzodidan voz kechdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayolning nomzodi shahar kengashi deputatligiga Ekologik partiya tomonidan 25-“Marg‘ilon” okrugidan ko‘rsatilgan bo‘lib, u xususiy korxona rahbari bo‘lib ishlaydi.

Saylov kodeksining 42-moddasiga ko‘ra, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ayol shahar saylov komissiyasiga 23 noyabr kuni nomzodlikdan voz kechish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan. Saylov komissiyasining qaroriga asosan u nomzodlar ro‘yxatidan chiqarilgan.

Ekologik partiya Farg‘ona shahar kengashining ma’lum qilishicha, bu shaxsni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi partiya qarori bekor qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!