Sun’iy intellekt tibbiy xatolarning 95 foizini oldini olishga yordam berdi

Sun’iy intellekt tibbiy xatolarning 95 foizini oldini olishga yordam berdi

Massachusets General Hospital (AQSh) mutaxassislari operasiyalar paytida sun’iy intellektning (AI) afzalliklari haqida gapirib berishdi. Tadqiqot Anesthesia & Analgesia jurnalida chop etildi.

MD Karen S. Nanjining so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar operasiya vaqtida dori-darmonlarni tanlash va buyurishda ko‘pincha xato qilishadi. AI modellari shifokorlarning harakatlarini tahlil qilish va ko‘plab xatolarning oldini olishga qodir.

Tadqiqot 2020 yil avgustidan 2022 yil avgustigacha bo‘lgan davrda jarrohlik muolajalari uchun anesteziologlar tomonidan hujjatlashtirilgan dori-darmon xatolari bilan bog‘liq xavfsizlik hisobotlarini o‘rganib chiqdi. Ikki mustaqil sharhlovchi har bir xatoni vaqt va turga qarab tasnifladi. Natijada shifokorlar 80 ta dori-darmon xatosini aniqladilar, ulardan 76 yoki 95 foizini oldini olish mumkin edi.

Nanji va uning hamkasblari shifokorlar harakatlarini kuzatish va xatolarning oldini olish uchun AI modellarini joriy qilishni tavsiya qiladi. «Klinik qarorlarni qo‘llab-quvvatlash operasiya xonalarida tibbiy yordamning samaradorligi va sifatini yaxshilasada, u hali amalga oshirishning dastlabki bosqichida», dedi tadqiqot hammuallifi Linda Amici.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!