Sudga hurmatsizlik uchun qanday javobgarlik bor?

A A A
Sudga hurmatsizlik uchun qanday javobgarlik bor?

Jamiyatda ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligi qaror topishini istagan sog‘lom fikrli har bir inson  qonun talabiga so‘zsiz rioya etishi, o‘zgalarning huquq va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi lozim.

Ammo oramizda fuqarolarning huquqlari, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazishdan zarracha uyalmaydigan kimsalar ham borki, ularning nomaqbul qilmishlariga sud tartibida qonuniy baho beriladi hamda shu tariqa yurtimizda tinchlik va soyishtalik, xalqimizning hayoti xavfsizligi va salomatligini ta’minlashga erishiladi.

Biroq so‘nggi paytlarda odil sudlovni amalga oshiruvchi sudlar faoliyatiga asossiz aralashuvlar, sudyalar va sud xodimlariga nisbatan tazyiq yoki bosim o‘tkazish, sudyaga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatish kabi salbiy holatlar yuz berayotganidan ko‘z yumolmaymiz. Vaholanki,“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 68-moddasida belgilab qo‘yilganidek, “Davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar sudyalarni hurmat qilishi va ularning mustaqilligiga rioya etishi shart. Sudyaga nisbatan hurmatsizlik qilish, shuningdek, uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi xatti-harakatlar qilish qonunga binoan  javobgarlikka sabab bo‘ladi”.

Xo‘sh, qanday xatti-harakatlar sudga hurmatsizlik deb baholanadi va bunday qilmishlar uchun amaldagi qonunlarimizda qanday javobgarlik choralari belgilangan? Har ikki savolga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 180-moddasidan aniq javob topish mumkin.

Ushbu moddaga muvofiq “guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar, javobgar, ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan bo‘yin tovlashida yoki mazkur shaxslarning va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchi farmoyishiga bo‘ysunmasligida yoxud sud majlisi paytida tartibni buzishda o‘z ifodasini topgan sudga hurmatsizlik — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Keling, so‘nggi paytlarda avj olgan ayrim blogerlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda yoritilayotgan sud jarayonlarini videotasvirga olish bilan bog‘liq vaziyatlar xususida mulohaza yuritaylik. Aksariyat hollarda o‘zini bloger deb tanishtirgan shaxslar sudyaning sud jarayonlarini videotasvirga tushirishga ruxsat bermaganligini noto‘g‘ri talqin qilib, sudyani noxolislik, noprofessionallikda ayblayotganlariga barchamiz guvohmiz. Xo‘sh, blogerlar, OAV vakillarining sud jarayonlarini videotasvirga tushirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanday hollarda sud tomonidan qanoatlantiriladi va aksincha qachon rad etiladi? Bu borada sudlar Oliy sud Plenumining “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida” gi qarorining 14-bandidan o‘rin olgan tushuntirishga rioya qiladilar.

Mazkur bandda “ochiq sud majlisini fototasvirga tushirish, videoyozuvni amalga oshirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida translyasiya qilishga quyidagi tartibda yo‘l qo‘yiladi:

fuqarolik ishini ko‘rish paytida – sud majlisida raislik qiluvchining taraflar roziligi olingandan keyin bergan ruxsati bilan;

jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy ishni va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish paytida – sud majlisida raislik qiluvchining taraflar fikrini eshitgandan keyin bergan ruxsati bilan” deya belgilab qo‘yilgan.

Aynan ushbu tushuntirishga rioya etgan holda videoyozuvni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etgan sudyaga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatish, uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi xatti-harakatlar qilish nechog‘lik o‘rinli? Sud jarayonlarini videotasvirga tushirish to‘g‘risidagi iltimosnomalari rad etilgan (ba’zan esa hatto iltimosnoma bilan murojaat etmagan holda) ayrim blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi noroziliklari, hatto tartibsizlik qilishlari, albatta, nojoiz.

Hattoki bunday xatti-harakatlar ayrim xorijiy davlatlarda avj olgan “odil sudlovni janjallashtirish” (skandalizasiya pravosudiya) ni yodga tushiradi. “Odil sudlovni janjallashtirish” sahna ko‘rinishi kabi oldindan rejalashtiriladi va keng jamoatchilikni haqiqatdan yiroq ma’lumotlar berish yordamida chalg‘itish (manipulyasiya qilish) orqali sudga bosim o‘tkazish maqsadida amalga oshiriladi.

Anglo-sakson sud-huquq tizimida sudga ta’sir o‘tkazish maqsadida sodir qilingan “odil sudlovni janjallashtirish” uchun javobgarlik choralari belgilab qo‘yilgan. Xususan, Fransiyada bunday qilmish uchun jarima yoxud olt i oygacha qamoq jazosi, Angliyada esa jarima va bir yilgacha qamoq jazosi qo‘llaniladi.

O‘z navbatida qo‘shni davlatlardan biri – Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligida sud majlisi chog‘ida va sud jarayonidan tashqari hollarda sudga hurmatsizlik qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari nazarda tutilgan. Bunday harakat yoki harakatsizlik uchun jarima yoki besh sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Shunday jazo qo‘llanilganidan keyin ham takroran sudga hurmatsizlik qilish ko‘proq miqdordagi jarima yoki o‘n sutkagacha qamoq jazosi tayinlanishiga sabab bo‘ladi. Sudya va maslahatchilarni haqorat qilgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarning jinoiy  qonunchiligida “sudga hurmatsizlik qilish”dan iborat xatti-harakat yoki harakatsizlik uchun alohida moddada jinoiy jazolar belgilab qo‘yilgan.

O‘z navbatida, milliy qonunchiligimizda, xususan, Jinoyat kodeksining 236-moddasida “tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, ya’ni ishni har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorga yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”, deb belgilab qo‘yilgan.

Albatta, yuqorida ta’kidlanganidek, sudyaning ruxsatisiz sud jarayonlarini videotasvirga olishga hamda translyasiya qilishga urinish bilan bog‘liq jarayonlar ham sud ishlarini hal etishga aralashishning bir ko‘rinishidir.

Demak, sudlarga hurmatsizlik ko‘rsatadigan, sud majlisi tartibiga rioya etmaydigan, sudning ruxsatisiz sud jarayonlarini videotasvirga olishga urinib, sudyaning farmoyishlariga bo‘ysunmaydigan shaxslar bunday xatti-harakatlar salbiy oqibatlarga, xususan, ma’muriy yoxud jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini unutmasliklari kerak.

Xulosa qilib aytganda, sudlar odil sudlovni amalga oshirishi barobarida keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar uchun sud muhokamasi oshkoraligi, sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikka o‘z vaqtida va ob’ektiv axborot yetkazilishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishga mas’uldirlar. Zotan, sud muhokamasi  jamiyatda huquqiy xabardorlik darajasi oshishiga imkon yaratadi,  odil sudlovni amalga oshirishning muhim kafolati hisoblanadi, sudlov faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash va sudga nisbatan jamiyat ishonchini oshirishning samarali vositasi hisoblanadi.

Faqatgina bu jarayonda keng jamoatchilik va sudlar o‘rtasida o‘zaro tushunish va hurmat hissi ustuvor bo‘lishi lozim.

Aziz Abidov,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan
hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Manba: "Real" ertaga g‘alaba qozonmasa, Alonso ketadi. Uning o‘rnini kim egallashi ham ma’lum

Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Amerika samolyotlari Suriya osmoniga olovli bombalarni tashladi

Бу ҳақда Сурия телеканали хабар бермоқда.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Tramp Lotin Amerikasiga zarbalar berishni e’lon qildi

АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.

Diario AS: Yurgen Klopp "Real" borasida bir qarorga keldi

"Ливерпуль"нинг собиқ устози Юрген Клопп катта эҳтимол билан "Реал"ни бошқармайди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.

Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi

«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.

Sem Altman bola tarbiyasini ChatGPT’siz tasavvur qila olmaydi

Альтман болаларни ҳеч қачон сунъий интеллектдан “ақллироқ” бўлмаслигини, лекин улар олдинги авлодга нисбатан анча қобилиятли бўлиб ўсишини таъкидлади.

Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Булунғур тумани ИИБ профилактика инспектори жиноий жазога тортилди. Унга нисбатан қўзғатилган жиноят иши ЖИБ Пайариқ туман судида кўриб чиқилиб, ҳукм ўқилди.

Rutte: NATO mamlakatlari "Yaqinlashib kelayotgan Rossiya tahdidi"ni sezmayapti

Бу ҳақда Reuters агентлиги унинг Мюнхен хавфсизлик конференциясидаги нутқини эълон қилди.

Almatida 52 kishi ugar gazidan zaharlandi

Қозоғистоннинг Алмати шаҳрида темир йўл вокзалидан келган поездда угар газидан заҳарланиш оқибатида 52 киши, шу жумладан болалар жабрланди.

Eronda havo ifloslanishi har yili 50 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lyapti

Эрон Соғлиқни сақлаш вазири Мохаммад Реза Заферганди маълум қилишича, ҳаво ифлосланиши ҳар йили тахминан 50 минг кишининг ўлимига олиб келмоқда.