Sudanda 13,6 million bola gumanitar yordamga muhtoj – YUNICEF

Sudanda 13,6 million bola gumanitar yordamga muhtoj – YUNICEF

BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) Sudanda 13,6 million bola gumanitar yordamga muhtojligini ma’lum qildi.

Tashkilot matbuot kotibi Stefan Dyujarrik kundalik matbuot anjumanida Sudan bo‘yicha olingan ma’lumotlarni yetkazdi.

Mamlakatda davom etayotgan harbiy to‘qnashuvdan millionlab bolalar xavf ostida qolmoqda, to‘qnashuv boshlanganidan beri 70 nafar bola halok bo‘lgan.

YUNICEF va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining Xartumdagi bolalar uyidan 300 ga yaqin bolani xavfsiz hududlarga evakuasiya qilganini ifoda etgan Dyujarrik, bolalarga homiylik qiladigan oilalar qidirilayotganiga e’tibor qaratdi.

Sudanda 13,6 million bola gumanitar yordamga muhtoj”, - dedi Dyujarrik.

Uning aytishicha, BMT va insonparvarlik yordam xodimlarining Sudandagi gumanitar yordam amaliyotlari davom etmoqda, to‘siqlarni bartaraf etish uchun Sudan ma’murlari bilan muzokaralar olib borilyapti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!