“Sud” va “adolat” so‘zlari doim birga qo‘llanilishi kerak

“Sud” va “adolat” so‘zlari doim birga qo‘llanilishi kerak

2009 yili katta ekranga chiqqan “Law Abiding citizen” filmi nafaqat oila a’zolarining qotillari, balki korrupsiya botqog‘iga botgan butun bir sud tizimi vakillariga qarshi kurashga bel bog‘lagan fuqaro haqida hikoya qiladi. Ushbu kinoasar sudning nohaq qarori bir umr qonunlarga bo‘ysunib kelgan odamni butunlay teskari tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkinligini yaqqol tasvirlab beradi. Sud va adolat so‘zlari yonma-yon kelmas ekan, jamiyatda norozilik, “samosud”, davlatga nisbatan ishonchsizlik holatlari ko‘payadi.

Mamlakatimizda barcha sohada olib borilayotgan islohotlar zamirida inson qadri, uning farovon hayoti yotgani sir emas. Jumladan, odil sud tizimini qaror topdirish, sudyalar mustaqilligini ta’minlash uchun bu masalaga oid normalarni Konstitusiyaga kiritish ko‘zda tutilmoqda. Shu qatorda 111-moddada “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining sud korpusi shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitusiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlovchi mustaqil organi” ekanligi belgilanadi.

IIV bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori Saxibjamal Joldasova, sudyalar odob-ahloq kodeksida “har bir sudya uchun odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq kasbiy faoliyatida va xizmatdan tashqari vaqtda majburiy bo‘lgan, yuksak odob-ahloq talablariga ega bo‘lish kerak”ligi, “har qanday vaziyatda haqqoniy bo‘lishi, holisligi, mustaqilligi va beg‘arazligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlardan o‘zini tiyishi shart” deb belgilanganini ta’kidlaydi. Ammo mana shu qoidalarni o‘zida jamlagan haqiqiy sudyalar korpusi mavjud emasligiga e’tibor qaratadi. “Odamlar adolatni izlab sud organlariga murojaat qilganida “sudya” ob’ektiv qaror chiqara olish uchun o‘zida bilim va kuch topa olmasa, bunday sudyalarni lavozimdan ozod etish lozim. Kuni kecha @sudyalaroliykengashi Telegram-kanalida ayrim sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan oldin tugatildi”, - deb yozadi ekspert.

Sud islohotlarini chuqurlashtirish, hokimiyatning mustaqil tarmog‘i sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish huquqiy davlatni mustahkamlashning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etiladi.

Mamlakatimizda izchil tarzda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va sud-huquq tizimini isloh etishni erkinlashtirish borasida ishlar ayni shu nuqtai-nazardan muhim ahamiyatga ega. Tizimda kechayotgan mazkur jarayonlar fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!