SSV: Olimlar OIV infeksiyasini davolashning yangi usulini topdi

SSV: Olimlar OIV infeksiyasini davolashning yangi usulini topdi

Yaqinda Rossiya olimlari tomonidan kashf etilgan yangi muolaja usuli bemorlarning OIV infeksiyasi asoratlaridan deyarli to‘liq xalos bo‘lishiga xizmat qilishi mumkin.

Mazkur davo chorasi maxsus oqsillardan foydalanishga asoslangan. Ular bemor organizmidagi immunitet hujayralari funksiyalarini tiklashga yordam beradi. O‘z navbatida, OIV kasalligiga qarshi kurashuvchi antitanalarni quvvatlantiradi.

Natijada organizm ichki imkoniyatini ishga solib, virusni siqib chiqarishga kirishadi. Yakunda tanada OIV infeksiyasi miqdori kamayib, uning salomatlik uchun zararli ta’siri keskin pasayadi.

Eslatib o‘tamiz, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili qariyb 2 million kishi ushbu xavfli xastalikka chalinmoqda. Hozir sayyoramiz bo‘yicha OIV tashxisi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 38,4 million nafardan oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!