SSV: Buxoroda chaqaloq qiynoqqa solinib, massaj qilinganiga doir holat tez orada o‘rganilib, natijalari ma’lum qilinadi

SSV: Buxoroda chaqaloq qiynoqqa solinib, massaj qilinganiga doir holat tez orada o‘rganilib, natijalari ma’lum qilinadi

Xabaringiz bor, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizning Chilonzor tumanida tibbiyot talablariga mutlaqo mos bo‘lmagan uqalash muolajasi amalga oshirilganiga doir videolavha tarqalgan edi.

Ko‘p o‘tmay, bunday holat Buxoro viloyatida ham sodir bo‘lganiga doir videotasvirlar e’lon qilindi.

Vazirlik ayni paytda mazkur holat qayerda va qachon bo‘lgani, uqalash muolajasi kim tomonidan amalga oshirilgani yuzasidan o‘rganish olib bormoqda va uning natijalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Sog‘liqni saqlash vaziri B.Musayev inson hayoti va salomatligiga xavf soladigan, qadr-qimmati va sha’nini toptovchi bu kabi holatlarga o‘z munosabatini bildirib , ota-onalardan tegishli lisenziya, ruxsatnoma va malakaga ega bo‘lmagan kimsalarga farzandlarining taqdiri va salomatligini ishonib topshirmasliklarini so‘ragan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!