Spiker o‘rinbosari O.Tojiyev xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Spiker o‘rinbosari O.Tojiyev xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev boshchiligidagi parlament delegasiyasi Qozog‘iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida bo‘ldi.

O‘zbekiston delegasiyasi bugun, 22 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti kuniga bag‘ishlab “Elboshi. Mustaqillik. Parlament.” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etdi.

Spiker o‘rinbosari O.Tojiyev xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqdaSpiker o‘rinbosari O.Tojiyev xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Aytish joizki, mazkur konferensiya Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi hamda Qozog‘iston Parlamentining 25 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari O.Tojiyev so‘zga chiqib, Qozog‘iston xalqini va konferensiya ishtirokchilarini Elboshi kuni hamda Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Spiker o‘rinbosari O‘zbekiston – Qozog‘iston parlamentlararo aloqalar to‘g‘risida, xususan, so‘nggi yillarda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalar sezilarli darajada faollashgani, ikki davlat o‘rtasida parlament yo‘nalishidagi aloqalar tobora yuksalib borayotganligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari rahbarlari o‘rtasidagi iliq va do‘stona munosabatlar parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida zamin yaratayotganini qayd etdi.

Xalqaro konferensiya doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari O.Tojiyev Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi raisi N.Nigmatulin bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!