"Soxta farmasevt"ning qilmishlariga chek qo‘yildi

"Soxta farmasevt"ning qilmishlariga chek qo‘yildi

Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi 25 yoshli A.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 3.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida yashovchi 25 yoshli B.SH. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, B.SH. jabrlanuvchi A.A. bilan “Telegram” messenjeridagi “Dorilar” nomli guruhda tanishib, A.A. xarid qilgan "Aktagam" dori vositasini arzon narxda qilib berishini, shuningdek, yetkazib berish xizmati ham mavjudligini aytib aldab, o‘zining foydalanuvidagi bank kartasiga 3.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini oldindan o‘tkazib olgandan so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborib, akkauntini "qora ro‘yxat"ga kiritib qo‘ygan va buyurtma qilgan ko‘ylagi ham yetkazib berilmagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.SH.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!