Sonam Kapur ilk marta ona bo‘ldi

Sonam Kapur ilk marta ona bo‘ldi

Hindistonlik taniqli aktrisa, Anil Kapurning qizi Sonam Kapur ilk marta ona bo‘ldi. Ijodkor o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

Sonam Kapur hindistonlik aktyor Anil Kapur va sobiq model Sunita Kapurning to‘ng‘ich qizi, prodyuser Surinder Kapurning nabirasi hisoblanadi.

Aktrisa 2018 yilning 8 may kuni o‘zining yaqin do‘sti, tadbirkor Anand Axuja bilan oila qurgan edi. Juftlik to‘y marosimiga qadar 4 yil davomida uchrashib yurishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!