Somalida yuzlab terrorchilar qamoqxonadan qochib ketdi

Somalida yuzlab terrorchilar qamoqxonadan qochib ketdi

 

«Ash-Shabob» terrorchi guruhi Somalining shimoli-sharqidagi Bosaso shahrida joylashgan qamoqxonani egallab oldi va yuzlab mahbuslarni qochirib yubordi. Bu haqda Garowe portaliga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

Otishmada sakkiz kishi halok bo‘ldi. Polisiyachilarga qo‘shimcha kuchlar yetib kelib, qamoqxonani qaytarib olguncha jangarilar binoni o‘z nazoratiga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Dalsan radiostansiyasining xabar berishicha, jangarilar qamoqxonadan 400 dan ortiq mahbusni ozod qilgan. Ularning ko‘pchiligi sudini kutayotgan diniy ekstremistlar edi. Bossaso shahridagi koloniya Somalining Puntlend shtatidagi eng katta qamoqxona hisoblanadi.

Avvalroq Gaiti qamoqxonasidan 400 dan ortiq mahbus qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!