Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.
— Ushbu qonun loyihasi bilan 7 ta kodeks, 18 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda, — dedi qo‘mita raisi Sharofiddin Nazarov. — Ya’ni, “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, Soliq kodeksiga to‘lovga qobiliyatsizlikning sog‘lomlashtirish jarayonida joriy soliq to‘lovlarini to‘lashni to‘xtatib turish va mazkur tartib-taomil yakunlangach, soliq qarzlarini olti oy ichida teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lash, qarzdor yuridik va jismoniy shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘larning qarzdorlikni to‘lashga yo‘naltirilgan qismini daromad sifatida hisobga olmaslikni nazarda tutish belgilanmoqda.
Shuningdek, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi bo‘yicha lisenziyaga ega bo‘lgan advokatlar sud boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish huquqi berilganligi munosabati bilan “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga ham qo‘shimcha kiritilmoqda.
Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlar va mutaxassislar tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi. Loyihaga ular asosida tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, shuningdek, bir qator tahririy tuzatishlar qilindi, — dedi ma’ruzachi.
Moddama-modda muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi qabul qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.