Qozog‘istonda Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari hibsga olindi

Qozog‘istonda Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari hibsga olindi

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Oljas Abishev hibsga olingan, deb xabar beradi Tengrinews.kz.

"Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining moliyaviy monitoring qo‘mitasi, Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari O. Abishevning iqtisodiy tergov xizmati xodimlari tomonidan byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinib hibsga olinganligi faktini tasdiqlaydi", - deyiladi xabarda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, sudgacha tergov ma’lumotlari oshkor qilinmaydi.

Ma’lumot uchun, Oljas Abishev 2018 yilda sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari etib tayinlangandi. U raqamlashtirish va axborot xavfsizligi masalalari uchun mas’ul edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!