Sog‘liqni saqlash vaziri Dima Qayumning onasini davolanishini shaxsan nazoratga olgan

Sog‘liqni saqlash vaziri Dima Qayumning onasini davolanishini shaxsan nazoratga olgan

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan Dima Qayumning (Dilshod Boltaboyev) xonadoniga tashrif buyurib, uning bemor onasidan xabar oldi. Bu haqda Dima Qayumning o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

“Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Qayumovich Shodmonov uyimizga shaxsan o‘zlari tashrif buyurishib, Onam uchun qo‘llaridan kelgan barcha yordamni ayamasliklarini aytib, otam haqlariga duo qilib, onamning duolarini olib ketishdi.

Katta rahmat. Umringiz uzoq bo‘lsin!”, deb yozgan u o‘z sahifasida.

Sog‘liq saqlash vazirligi tomonidan “Xalq so‘zi online”ga ma’lum qilinishicha, vazir Alisher Shodmonov onaxonni davolanishini shaxsan nazoratga olishga va’da bergan. Onaxon tibbiy muolajalar olish uchun Toshkentga olib kelinadi, malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!