Sobiq Chorsu mehmonxonasi 1 so‘mga sotilmoqda

Sobiq Chorsu mehmonxonasi 1 so‘mga sotilmoqda

Toshkent markazida joylashgan qadimiy “Chorsu” mehmonxonasi 1 so‘m qiymatda kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda YE-auksion elektro savdo platformasi xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, mehmonxona 2 yil ichida 25 million dollar investisiya kiritish sharti bilan sotilmoqda. Shunindek, yangi ochiladigan korxonada 150 ta ish o‘rinlari yaratilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 3 yil oldin ushbu binoni turkiyalik biznesmen Axmet Demir sotib olishi haqida e’lon qilingan edi. O‘shanda sarmoyador mehmonxonaga 33 million dollar investisiya kiritishi va bu yerda 270 o‘rinli 4 yulduzli mehmonxona qurilishi hamda  350ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi haqida xabar berilgan edi. Lekin belgilangan vaqt o‘tib, biznesmen o‘z va’dasini amalga oshirmaganidan so‘ng, ushbu shartnoma bekor qilingan edi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!