Snouden: Bayden ko‘plab ma’lumot tarqatuvchilarga qaraganda ko‘proq maxfiy hujjatlarni olgan

Snouden: Bayden ko‘plab ma’lumot tarqatuvchilarga qaraganda ko‘proq maxfiy hujjatlarni olgan

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’lumotlarni oshkor qilgani uchun jazolangan ko‘plab ma’lumot tarqatuvchilarga qaraganda ko‘proq maxfiy hujjatlarni olgan bo‘lishi mumkin. Bu fikrni NSA sobiq xodimi Edvard Snouden bildirdi.

“Ta’kidlash joizki, prezident ko‘plab ma’lumot tarqatuvchilarga qaraganda ko‘proq maxfiy hujjatlarni olganga o‘xshaydi”, — deb yozdi u tvitterda.

Taqqoslash uchun Snouden AQShda Milliy xavfsizlik agentligi ma’lumotlarini oshkor qilganlikda ayblanib, “bir hujjat uchun” besh yilga qamalgan Reality Uinner ishini keltirdi.

“Ayni paytda, Bayden, Tramp, Klinton, Petreus... bu yigitlarda o‘nlab, yuzlab (bunday hujjatlar) bor. Lekin qamoq yo‘q, - davom etdi sobiq razvedkachi.

Aslida, Bayden ishidagi “haqiqiy janjal” uning maxfiy hujjatlarni olganida emas, balki AQSh Adliya vazirligi hujjatlarni oraliq saylovlardan bir hafta oldin topib, voqeani “bosti-bosti” qilishni tanlagani, deya qo‘shimcha qildi Snouden.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!