O‘zbekistonda 1 iyundan mehmonxona va umumiy ovqatlanish joylarida alkogol va tamakini naqd pulga sotishga ruxsat berildi. Bu 26 may kuni imzolangan «Kichik biznes sub’ektlarining o‘sishi uchun yanada kulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi» prezident farmonida belgilandi.
Xususan, hujjat bilan, 2026 yil 1 iyundan boshlab mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan:
alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishda naqd pul to‘lovlarini qabul qilishga ruxsat beriladi;
alkogol mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari ushbu sub’ektlarda yakuniy iste’molga realizasiya qilingan deb e’tirof etiladi.
Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun:
ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tarzda shu kunning o‘zida va muayyan muddatga rasmiylashtirish va ish xakini to‘lash tartibi joriy etiladi;
to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish, tushumning naqd pulsiz shaklda tushgan ulushidan qat’i nazar, to‘langan soliq summasining 40 foizi miqdorida amalga oshiriladi;
Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan foydalanishda to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdori Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlanadigan yer soligining bir baravari miqdorida belgilanadi.
2027 yil 1 yanvardan boshlab:
alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizasiya qilish huquqi uchun yig‘imlar birlashtiriladi va uning stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida belgilanadi;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga umumiy maydoni 1000 metr kvadratdan ko‘p bo‘lgan mol-mulk ijaraga berilganda, soliq solish maqsadida ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llanmaydi, bundan Toshkent shahri mustasno;
kichik biznes sub’ektlariga buxgalteriya hisobini yurituvchi tashkilotlar va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini ikki barobarga oshirgan holda chegirishga ruxsat beriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.
Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.
Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?
Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.
Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.
2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.
Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.
Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.