Sizga “Click”dan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib 13 million so‘m olish mumkinligi haqida xabar keldimi?

Sizga “Click”dan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib 13 million so‘m olish mumkinligi haqida xabar keldimi?

So‘nggi vaqtlarda internet-firibgarlari tomonidan fuqarolarning bank plastik kartalaridagi pul mablag‘larini turli xil noqonuniy uslublar yordamida talon-taroj qilish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘tkazilgan internet monitoringi davomida, internet-firibgarlari tomonidan o‘zlarining bu kabi jinoiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun “Click” MCHJning rasmiy veb-saytiga o‘xshash bo‘lgan resurs (havolasi: https://click.payer84849.ru/unlock68176685) faoliyatini yo‘lga qo‘yib, uning imkoniyatlaridan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur «feyk» resurs orqali ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, 13 mln. so‘mni olishi mumkinligi, buning uchun foydalanuvchilarning telefon raqami va unga bog‘langan bank plastik kartasi ma’lumotlari (karta raqami, amal qilish muddati) hamda sms tariqasida kelgan tasdiqlash kodini kiritishlari talab etiladi.

Natijada, katta mablag‘ga ega bo‘lish istagida bo‘lgan foydalanuvchi tasdiqlash kodini «feyk» resursga kiritishi bilan internet-firibgar tomonidan bank plastik kartasini boshqarish huquqini qo‘lga kiritilishiga va undagi mablag‘larni noqonuniy ravishda egallanishiga shart-sharoit yaratadi.

Shu sababli, barcha internet foydalanuvchilarini, ayniqsa “Click” MCHJ mijozlarini mazkur «feyk» veb-resursning noqonuniy faoliyati to‘g‘risida ogoh bo‘lishlarini, to‘lov tizimlaridan foydalanayotganlarida esa, ularning rasmiy veb-saytlarida taqdim etilgan xizmatlarga murojaat etishlari lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!