Sirdaryoda 34 yoshli direktor vafot etdi

Sirdaryoda 34 yoshli direktor vafot etdi

Sirdaryolik yosh rahbarlardan biri — Shirin shahar Bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori Aripov Umidjon Ravshanovich 34 yoshida bevaqt vafot etdi.

Bu haqda Shirin shahar hokimligi Axborot xizmatining marhumning yaqinlariga yo‘llagan ta’ziyanomasida ma’lum qilindi.

"Shirin shahar Bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori Aripov Umidjon Ravshanovich joriy yilning 17-iyul kuni bevaqt olamdan o‘tdi.

Shirin shahar hokimligi marhumning oila a’zolari va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiradi", — deyiladi hokimlik ta’ziyanomada.

Umidjon Aripov 1987 yil Shirin shahrida tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini to‘liq ta’lim va sport sohasiga bag‘ishlagan edi. Uning qo‘l ostida ko‘plab yosh chempionlar, sovrindorlar yetishib chiqqan.

Umidjon Aripovning bevaqt olamdan o‘tishiga yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lganligi aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!