Singapur “iqtisodiy mo‘’jizasi”ning muallifi Li Kuan Yuning tajribasi va o‘gitlari

A A A
Singapur “iqtisodiy mo‘’jizasi”ning muallifi Li Kuan Yuning tajribasi va o‘gitlari

2015 yilning 23 martida Singapurning birinchi bosh vaziri Li Kuan Yu 91 yoshida dunyodan o‘tgan edi. Li Kuan Yu 1959 yildan 1990 yilgacha Singapur davlatining bosh vaziri lavozimida ishladi. U Singapur “iqtisodiy mo‘’jizasi”ning muallifi sanaladi.

"Iqtisodiy mo‘’jiza" fenomeni XX asrda dunyoning qator davlatlarida kuzatilgan. Bu fenomenni YAIM sur’atining tezlik bilan o‘sishi belgilaydi. Mazkur fenomenning o‘ziga xos xususiyati davlat tomonidan qator sohalarning izchil qo‘llab-quvvatlanishidir. Singapur misolida olsak, bu kichik davlatda yetakchi sohalar - kemasozlik, elektronika sanoati va neft qazib olish aynan shu davrda rivojlantirildi. Li Kuan Yuning boshqaruvi ostida Singapur butun dunyoda yuksak mavqega sazovor bo‘ldi. 

Quyidagi o‘gitlarni Li Kuan Yuning fuqaroni 31 yillik boshqarish tajribasidan deb qabul qiling.

  • Menga bir necha martalab tuxumlar otishgan.
  • Men yutuq va inqirozlarni boshdan kechirdim. 35 yoshimdan boshlab faqat bu mamlakatni ishlashga qanday qilib undash haqida fikr yuritdim.
  • Men zo‘r huquqshunos bo‘lmoqchi edim. Britaniyaliklar boshqarayotgan mamlakatda huquqshunos bo‘lib yetishish uchun britan bo‘lishimga, Britaniya inglizchasini o‘rganishimga to‘g‘ri keldi; universitetlarda va eng yaxshi huquqshunoslik maktablarida tahsil oldim.
  • Agar singapurliklarni inglizcha o‘rganishga majburlasam, qarshilik ko‘rsatishgan bo‘lardi. Agar xitoy tilini o‘rganishga majburlasam ham ish pachavasi chiqardi. Ammo men inglizcha yoki o‘z ona tilini tanlash ixtiyorini har bir ota-onaga qoldirdim. Oradan o‘ttiz yil o‘tdi va ingliz tili Singapurda yetakchi tilga aylandi.
  • Hamma ingliz tilini o‘rganishi kerak, ona tili esa ikkinchi o‘rinda.
  • Gullab-yashnashni istasak, faqat o‘zimizgagina ishonishimiz lozim.
  • Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, ko‘z o‘ngimizdagi G‘arbdan o‘rnak olmaganimizda hech qachon olg‘a intilmasdik. Qoloq iqtisod va jamiyatligimizcha qolar edik. Ammo G‘arb andazasidan to‘la nusxa olmoqchi ham emasmiz.
  • Biz sosial davlatga xos bo‘lgan uslublardan foydalanmadik, chunki sosialistik baravarlashtirish natijasida ulug‘ Britaniya xalqi qanday qilib o‘rtamiyonalikka yuz tutganining guvohi bo‘ldik.
  •  “Bir kishining bir ovozga ega” tizimini yagona to‘g‘ri yo‘l deb hisoblamayman. Shaxsan men qirqdan oshgan har bir oilali erkak ikki ovozga ega bo‘lsa, hammaga foyda, deyman. Chunki u ancha aql-idrok bilan bolalarini o‘ylab ovoz beradi. U o‘ttiz yashar yigitchaga qaraganda jiddiyroq saylovchi bo‘ladi.
  • Biz aholi juda zich joylashgan mamlakatdagi osmono‘par binolarda istiqomat qilamiz. Shuning uchun qo‘shnilarimizni hurmatlashga o‘rganishimiz lozim.
  • Bizning birorta tabiiy boyligimiz yo‘q, zaminning strategik ahamiyatli kichik bo‘lagida yashovchi odamlarimiz bor xolos.
  • Jazoning muqarrarligi korrupsiyani jilovlab turuvchi birinchi omildir. Ikkinchi omil – bozor darajasiga mos keluvchi maoshdir. Biz eng ko‘p maosh to‘lanadigan o‘n foiz kishilarning daromadiga diqqatimizni yo‘naltirganmiz. Modomiki, mansabdorlarimiz eng ko‘p haq olmas ekan, ularning hukumatga nima keragi bor?
  • O‘z do‘stlaringizdan uchtasini panjara ortiga o‘tqazishdan ishni boshlang. Nima uchunligini siz ham ular ham yaxshi bilasizlar.
  • Biz Playboyni 1960 yillardayoq taqiqlaganmiz, u vaqtlarda bu boshqa dunyo va boshqa mezonlar edi. Taqiq hozir ham amalda. Internet turganda Playboyni kim ham sotib olardi?
  • Singapurliklar o‘z yurtini Daniya yoki Yangi Zelandiya kabi risoladagidek davlat hisoblashi menga tinchlik bermaydi. Axir, biz o‘ta notinch mintaqada yashaymiz. Daniya yoki Shvesiyaga o‘rtamiyona hukumat bo‘laveradi, Singapurga esa yo‘q.
  • Birgalikda ishlash uchun o‘zaro bir-birini yoqtirish shart emas.
  • Men hech qachon qog‘ozda yozilgani bo‘yicha o‘qimayman, hamisha tinglovchining ko‘ziga razm solaman. Agar birorta fikrni idrok etmaganini payqasam, boshqacha usulda takrorlayman. Lenin ham boshqa ulug‘ notiqlar ham shunday qilgan bo‘lishi kerak. Ulug‘ notiq emasman, ammo o‘rganmoqdaman.
  • Yana yuz yildan so‘ng Singapur mavjudligicha qoladimi-yo‘qmi aytolmayman. Hammasi davomchilarimning faoliyatiga bog‘liq.
  • Singapurliklar nolish bo‘yicha chempionlardir.
  • Barcha dinlarni siyosatdan nari tutmoq darkor.
  • Rossiyada har yili tug‘ilayotganlardan vafot etayotganlar soni ko‘proq, chunki odamlarning kelajakka ishonchi yo‘q. Amerikaliklarni qarang, ular nekbindirlar, ammo turmushing og‘irlashsa, neft narxi oshishi bilan bir muddat yaxshilansa, kelajakka boshqacha ko‘z bilan qaraysan.
  • Kim ruslar buyuk millat sifatida e’tiborini yo‘qotdi, deb hisoblasa, ularning kosmos va atom sohasida ishlovchi olimlari, grossmeysterlari, olimpiada chempionlarini eslasin. Kommunistik tizimdan farqli ravishda ruslar tarix chiqindixonasidan joy oladigan odamlar emas.
  • Demokratiya masalasida amerikaliklar bilan o‘rtamizda bahs kechgan. Ular, “Qanaqasiga Singapur hukumati hech o‘zgarmasligi mumkin?”-deya so‘rashgan. Men ularga “Ammo barcha saylovlarda men yutib chiqaman”,-deb javob berganman. Ular, “sizlar o‘zgarishingiz shart, shundagina demokratiyaga erishasiz”, deyishgan. Men ularga “Demokratiya Amerikangizda bo‘laqolsin. Bizni tinch qo‘ying”,-dedim.
  • Freedom House va Amnesty International reytinglarida biz ro‘yxatning ostidamiz. Bizda o‘lim jazosi mavjud. Agar oliy jazoni qo‘llamaganimizda biz dunyo narkotik savdosining markazi bo‘lardik va jamiyatimiz bo‘ylab narkotika keng tarqalgan bo‘lardi.
  • Xitoydagi rejim boshqa ehtimoliy muqobil hukumatlardan ko‘ra barqarorroqdir. Keling, Tyananmen maydonidagi talabalar o‘z hukumatlarini tashkil etishganida nima bo‘lishini tasavvur qilaylik. O‘sha talabalar Fransiyaga va Amerikaga borib ham hanuz o‘zaro tortishishdan bo‘shamayotibdi. Ularning boshqaruvi ostida hozirgi Xitoy qanaqa bo‘lardi? Sovet Ittifoqidan ham battarroq bo‘lardi. Xitoy – ulkan mamlakat, uni kuchli markaziy hokimiyat boshqarishi kerak.
  • Kichik mamlakatlar orasidagi urush ularning o‘zini vayron qiladi. Katta mamlakatlar to‘qnashsa, butun dunyo bir necha martalab vayron bo‘ladi.
  • Men ko‘plab inqirozlarni boshdan o‘tkazdim. O‘nglanishimga nimadir ko‘mak bergan bo‘lishi kerak.
  • 87 yoshga yetganingda o‘zingni juda baxtiyor seza boshlaysan. Tobora quvvatim ketayotganligini his qilyapman va yildan yilga o‘zgarib borayotganimni ko‘ryapman.
  • Deyarli har kuni meditasiya qilaman. Meditasiya vaqtida eng nozik ish fikrni maymun bananga intilgani singari chalg‘itmasdan idrokni jamlab turishdir.
  • Endi restoranlarga borolmayman, chunki shunchalik ko‘p odam men bilan ko‘rishishni xohlagani tufayli ovqatlanolmayman. Agar boradigan bo‘lsam, xilvat restoranga do‘stlarim bilan astagina sezdirmay kiraman.
  • Mening rafiqam ko‘p marta og‘ir betob bo‘ldi va ikki yildan beri karavotga mixlangan. U tildan qolgan, ammo hushi joyida. Har oqshom u bilan gaplashaman, u meni tushunadi. U uxlamasdan meni kutib yotadi. Unga kunni qanday o‘tkazganimni so‘zlab beraman. U yoqtirishini aytgan Shekspirning sonetlaridan, “Antalogiya va poeziya”dan asarlar o‘qib beraman. Ikki yilu to‘rt oy o‘tdi, bu mening umrimning bir bo‘lagiga aylandi.
  • O‘zimni yo‘qotib qo‘ymasligim kerak. Hayot davom etadi. Biz 61 yil umrguzaronlik qildik. Ertami-kechmi hammasi poyoniga yetadi. Qaysimiz birinchi ketamiz – bilmayman. Unga uzoqroq muddat birga bo‘lishimiz uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilishimni aytdim. U mening gapimni tushundi.
  • Xitoylarning yaxshi matali bor: “Tobutining ustidan mix qoqilgunicha odamni muhokama qilmang”. Hayotim so‘ngiga yetguncha bema’ni xatti-harakatlar qilishga ulguraman.
  • Hayotim davomida dahshatli ishlar qilishimga to‘g‘ri kelgan, odamlarni tergovsiz qamoqqa jo‘natganman.
  • Hamma qilgan ishlarim to‘g‘ri, deb aytolmayman, ammo barchasi ezgu maqsadda amalga oshirilgan.
  • Agar faoliyatimni susaytirsam va hordiq chiqarsam, o‘z holatimni tezda yo‘qotib qo‘yaman. Mening hayotim – kundalik chorlovlarga munosabatdir. Agar birdaniga undan voz kechib, golf o‘ynasam, roman o‘qisam hamda quyoshning botishini kuzatadigan bo‘lsam, darrov qartayib qolaman.
  • Arshi a’loda rafiqamni uchratamanmi-yo‘qmi gumon, ammo mehr-muhabbatimiz tufayli xokimiz bir joyda bo‘lishini istaymiz.
  • Hammasi bo‘lib o‘tganidan keyin anglaysan va dono bo‘lasan. Buni hayot deydilar.
  • Agar birinchi o‘rin uchun kurashmasang, o‘ninchi o‘ringa ham erisha olmaysan.
  • Manba: sof.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Бу ҳақда вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси матбуот хизмати хабар бермоқда.

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy: «O‘zbekiston terma jamoasi JChda hech narsaga da’vo qila olmaydi»

Россияда хизмат кўрсатган мураббийи Игорь Коливанов Ўзбекистон терма жамоасига Жаҳон чемпионати–2026да ишонмаслигини айтиб ўтди.

Kelayotgan hafta O‘zbekistonda sovuq havo kutilmoqda

"Ўзгидромет" ҳаво ҳарорати тушиши ва кучли шамоллар ҳақида огоҳлантирди.

Jahon chempionati-2026 mezboni O‘zbekistonga 50 ming dollar taklif qildi

Ўзбекистон терма жамоаси Жаҳон чемпионатига тайёргарлик жараёнида бир қатор жамоалар билан ўртоқлик учрашувлари ўтказишни режалаштирмоқда.

Sirdaryodagi portlashda qancha odam halok bo‘ldi?

Аввал хабар қилинганидек, шу йил 2 декабрь куни соат 10:49 да Гулистон шаҳрининг "Тараққиёт" МФЙ ҳудудида жойлашган овқатланиш шохобчасида содир бўлган ёнғин ҳақида тез тиббий ёрдам "Сall-маркази"га соат 11:13 да хабар келиб тушган.

Rossiya Sibir daryolari suvini Markaziy Osiyo bilan bo‘lishmaydi — olimlar fikri

Иқтисодий сабаблар: профессор Михаил Болговга кўра, лойиҳа жуда қиммат ва инвесторлар йўқ. Экологик ва иқтисодий оқибатлар ҳам аниқ эмас.

Yurgen Klopp "Real"ga qanday talablar qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Хаби Алонсо Ла Лигада кетма-кет учта дурангдан кейин босим остида қолмоқда. Миш-мишлар олами дарҳол фаоллашди - "Реал" билан гоҳ Зинедин Зидан, гоҳ Юрген Клоппни боғлашмоқда.

Pensionerlar yer va mol-mulk solig‘idan ozod etildimi?

Солиқ кодексининг 421-моддасига кўра, пенсионерлар мол-мулк солиғидан имтиёзга эга.

Opta superkompyuteri Jahon chempionati favoritini taxmin qildi

Opta суперкомпьютери Испания терма жамоасини 2026 йилги жаҳон чемпионатининг асосий фаворити деб атади.

Moskva sudi faqat O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ishga olinishi ko‘rsatilgan e’lonlarni taqiqladi

Шу билан бирга, суд прокуратуранинг фақат "славян миллатига мансуб шахсларни" ёллашга қарши даъвосини қўллаб-қувватлади.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Muhammad Saloh jazolanadigan bo‘ldi

Яқинда "Ливерпуль" ҳужумчиси Муҳаммад Салоҳ клуб ва бош мураббий Арне Слотдан норозилигини очиқчасига билдирган эди.

Bomba o‘rnatilgan avtomobilning portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда бош прокуратура маълум қилди.

Zelenskiy Trampni xafa qildi (video)

Бу ҳақда Америка етакчиси Жон Кеннеди номидаги саҳна санъати марказида журналистларга маълум қилди.

Mask Yevropa Ittifoqi haqida keskin fikr bildirdi

Америкалик миллиардер Илон Маск Европа Иттифоқини (ЕИ) тарқатиб юбормасликка чақирди. Бу ҳақда у ўзининг ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилган.

Ukraina va AQSh o‘rtasida kelishmovchiliklar bor

Зеленский Украина ва АҚШ ўртасида Донбассдан украиналик ҳарбийларни олиб чиқиш масаласида келишмовчиликлар борлигини билдирди.

Fransiya Yevrosiyodan Rossiya aktivlarini yashirib, €18 mlrd "reparasion kredit" uchun saqlamoqda

Манбаларнинг айтишича, Франция расмийлари репарацион кредит ғоясини қўллаб-қувватласа ҳам, тижорат банкларидаги активлардан фойдаланишга қарши чиқмоқда, чунки кредиторлар Euroclear билан бошқа шартномавий мажбуриятларга эга.

Ukrainaga “reparasiya” krediti berilgan taqdirda Germaniya uning eng yirik kafili bo‘ladi

Бельгия Россиянинг музлатилган маблағларидан фойдаланишга қарши, Москва эса буни “ўғирлик” деб атамоқда.

Beninda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

Бенин президенти Патрис Талон мамлакатдаги давлат тўнтаришига уриниш барбод бўлганини расман эълон қилди.

Ekvador qamoqxonasidagi to‘qnashuvda 9 kishi halok bo‘ldi

Эквадорнинг Эль-Оро вилояти, Мачала шаҳридаги қамоқхонада маҳбуслар орасидаги тўқнашувда дастлабки маълумотларга кўра, 9 киши ҳалок бўлди.

Umerov Zelenskiyga AQSh rasmiylari bilan Floridadagi muzokaralar bo‘yicha “batafsil hisobot” berishini aytdi

"Бир неча кун давомида Қўшма Штатларда Украина Бош штаби раҳбари Андрей Гнатов билан биргаликда президент Доналд Трампнинг вакиллари Стив Уиткофф ва Жаред Кушнер билан музокаралар ўтказдик. Конструктив ҳамкорлик учун улардан миннатдорман", — деди Украина Миллий хавфсизлик ва мудофаа кенгаши котиби Рустем Умеров музокаралардан сўнг.

HAMAS qator shartlar bajarilsa, qurol tashlashga tayyorligini bildirdi

Фаластиннинг ҲАМАС ҳаракати, жумладан, Исроил аскарларини Ғазо сектори ҳудудидан тўлиқ чиқариш шарти билан қурол ташлашга рози эканини маълум қилди, деб хабар берди ҳаракат етакчиси эксклавда.

AQSh Ukrainaga yordam uchun 800 million dollar ajratadi

Маълумотларга кўра, АҚШ Конгрессида ушбу ҳужжат бўйича овоз бериш жараёнлари шу ҳафта бошланиши кутилмоқда.

Netanyaxu: Isroil armiyasi Suriyaning janubidagi okkupasiya qilingan hududlarni tark etmaydi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяхуга кўра, Башар Асад режими ағдарилганидан кейин Исроил армияси томонидан назоратга олинган Сурия жанубидаги ҳудудлардан чиқиш режалаштирилмаган.

Luvrdagi suv sizishi natijasida yuzlab kitoblarga zarar yetkazdi

Париждаги Лувр музейининг Миср бўлимида содир бўлган сув сизиши натижасида юзлаб китоб ва архив материаллари зарарлангани маълум қилинди.

Ommaviy immigrasiya “Amerika orzusi”ni o‘g‘irlamoqda — AQSh vise-prezidenti

АҚШ вице-президенти Жей Ди Вэнс оммавий миграция мамлакат иқтисодий адолати ва ўрта табақа имкониятларига “сериоз таҳдид” солаётганини таъкидлади.

Akto‘beda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 kishi halok bo‘ldi, ularning 2 nafari o‘zbekistonlik

Вафот этганлар ва жабрланганларни Ўзбекистонга олиб келиш бўйича зарур чора-тадбирлар кўрилмоқда.

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Бугун, 7 декабр куни соат 08:57 да Қозоғистоннинг Актобе вилояти Айтекеби туманидан ўтган "Пермь-Тошкент" йўналишида ҳаракатланган “Yutong” йўловчи автобуси ён томонга ариққа ағдарилиб, йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлган.

Qariyb 1 mlrd so‘mlik horijiy valyutaning chet elga chiqib ketishi to‘xtatib qolindi

Ҳозирда ушбу шахсга нисбатан ЖКнинг 25,182-моддаси 2-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JSST: Dunyoda bezgakdan o‘lim holatlari ortmoqda

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотининг янги ҳисоботига кўра, ўтган йили дунё бўйича безгакка чалинганлар сони 282 миллион нафарни ташкил этган. Бу – 2023 йилга нисбатан 9 миллион нафар юқори кўрсаткич.

Indoneziyada suv toshqini va ko‘chkilar tufayli halok bo‘lganlar soni 753 nafarga yetdi

Индонезияда кечги кунларда кузатилган кучли ёмғирлар оқибатида юз берган сув тошқини ва кўчкилар қурбонлари сони 753 нафарга етгани маълум қилинди.

BBC: Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor

"Тун давомида Спин-Болдакдан қочқинлар оқими келган. Қўшни аҳоли пунктларининг аҳолиси ҳам ҳудудни тарк этмоқда", — дейди нашр манбаларидан бири.

Xalqaro yordam qisqarishi sabab 2025 yilda besh yoshgacha bo‘lgan 4,8 million bola vafot etdi

2025 йил давомида беш ёшгача бўлган 4,8 миллион боланинг вафот этгани қайд этилди. Бу кўрсаткич 2024-йилга нисбатан 200 минг нафарга кўп.

HAMAS G‘azo sektoridagi boshqaruvni topshiradi – Al Arabiya

Al Arabiya телеканалига жума куни берган интервьюсида ҲАМАСнинг юқори мартабали расмийси ҳаракат Ғазо секторидаги бошқарувни эндиликда давом эттириш нияти йўқлигини маълум қилди. Унинг айтишича, ҲАМАС аллақачон Ғазони келгуси босқичда бошқариш учун технократлардан иборат махсус қўмитани тузишга розилик билдирган.

Afg‘onistonda 13 yoshli bola oilasining qotilini 80 ming kishi oldida qatl qildi

Бу “Толибон” муваққат ҳукумати томонидан рухсат берилган қатл бўлиб, уни тахминан 80 минг киши томоша қилган. Болага қотилни кечириш ёки стадионни тўлдирган оломон кўз ўнгида ўлим жазосини ижро этиш ўртасида танлов берилган.

NATO Shimoliy Yevropa mudofasini boshqarish shtabini Niderlandiyadan AQShga ko‘chirmoqda

5 декабрдан бошлаб Дания, Швеция ва Финландия мудофасини режалаштириш учун Нидерландиянинг Брюнсюм шаҳридаги оператив штаб ўрнига Қўшма Штатларнинг Норфолк шаҳридаги қўмондонлик жавобгар бўлади, дея хабар бермоқда нашр NATO'нинг расмий баёнотига таяниб.