Sian-Samarqand yo‘nalishidagi ilk muntazam reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Sian-Samarqand yo‘nalishidagi ilk muntazam reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Bugun, 16 iyun kuni Samarqand xalqaro ayeroportida “Loong Air” aviakompaniyasining Sian shahridan birinchi muntazam parvozi kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Shensi provinsiyasining ma’muriy markazi bo‘lgan Sian shahri 2013-yilda Samarqand bilan birodarlashgan shaharga aylangan.

Buyuk ipak yo‘li aynan Sian shahridan (qadimgi nomi Chang An) boshlangan edi.
Sian – Samarqand – Sian yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi Xitoy va O‘zbekistonning eng muhim tarixiy va madaniy markazlarining turizm salohiyatini kengaytirishga va sayyohlar oqimini oshirishga, shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga yordam beradi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!