Shveysariya Xitoyning tinchlik tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ukraina norozi

Shveysariya Xitoyning tinchlik tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ukraina norozi

Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha Xitoy-Braziliya tinchlik tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Reuters xabariga ko‘ra, Shveysariya Xitoy-Braziliya diplomatik sa’y-harakatlarini tinchlikka erishish yo‘lidagi amaliy qadamlar deb biladi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Shveysariyani keskin tanqid qildi va Xitoy-Braziliya rejasi mojaroni hozirgi holatida muzlatishni nazarda tutayotganini va bu shunchaki dialog illyuziyasi, keng qamrovli, adolatli tinchlik o‘rnatishni qiyinlashtirayotganini aytdi.

Kiyev barcha tinchlik tashabbuslari Ukraina hududiy yaxlitligini tiklashni o‘z ichiga olishini talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!