Shveysariya banki Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining shaxsiy hisob-raqamini bloklab qo‘ydi

Shveysariya banki Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining shaxsiy hisob-raqamini bloklab qo‘ydi

Shveysariya banki Rossiyaning Birlashgan Millat Tashkiloti(BMT)dagi doimiy vakilining shaxsiy-hisob raqamini blokladi.

Shveysariyaning Jeneva shahridagi bank Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Gennadiy Gatilovning shaxsiy hisob-raqamini bloklab qo‘ydi. Bu haqda doimiy vakolatxonaga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Biz bilan uzoq muddatli hamkorlik qilgan bir qator banklar, sug‘urta va avtoulovlarga texnik xizmat ko‘rsatish kompaniyalari tuzilgan shartnomalardan voz kechishga qaror qilishdi, rostini aytsam, buning sababi biz Rossiyadan bo‘lganimiz», deydi vakolatxona vakili.

Aniqlik kiritilishicha, Gatilovning bloklangan hisob-raqami tibbiy xarajatlarni qoplash uchun ishlatilgan.

Avvalroq Shveysariya Ukraina Qurolli Kuchlarining yarador askarlarini davolashdan bosh tortgani ma’lum bo‘lgan edi. Chunki bu betaraf davlat maqomiga ziddir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!