Shvesiyadagi maktabdagi otishma qurbonlarining aksariyati migrantlar bo‘lgan

Shvesiyaning Erebru shahridagi maktabdagi otishmada halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi migrantlardir.
Bu haqda SVT telekanali xabar bermoqda.
Qurbonlar orasida Erebru munisipalitetining bir necha xodimlari ham bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma sodir etgan Rikard Andersson ish so‘rab murojaat qilmagani uchun ijtimoiy nafaqasidan mahrum bo‘lgan, bu esa uni ijtimoiy xizmatlardan qasos olish harakati bo‘lgan jinoyatni sodir etishga undagan bo‘lishi mumkin.
Polisiya 7 fevral kuni otishmada halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlashni yakunladi. 28 yoshdan 68 yoshgacha bo‘lgan yetti ayol va uch erkak, jumladan, 35 yoshli Andersson o‘ldirilgan. 18 yoshdan oshgan jarohatlanganlarning besh nafari hamon Erebru universiteti kasalxonasida davolanmoqda, ulardan ikkitasi reanimasiyada.
Ayni paytda huquq-tartibot idoralari vakillari jinoyatchi mafkuraviy motivlarsiz yolg‘iz o‘zi harakat qilgan deb hisoblamoqda.
Shuningdek, avvalroq otishma qurbonlari orasida Suriya va Bosniya va Gersegovina fuqarolari borligi xabar qilingan edi.