Shvesiya va Eron asirlarni almashdi

Shvesiya va Eron asirlarni almashdi

Eron Yevropa ittifoqi diplomati hamda Shvesiya fuqarosi Yuxan Floderus hamda ikki fuqarolikka ega (Shvesiya fuqarosi) Said Aziziyni ozod qildi. Floderus 2022 yil aprelida Tehronda hibsga olingandi. Bular haqida Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristersson bayonot berdi.

«Shuni quvonch bilan e’lon qilamanki, Yuxan Floderus va Said Aziziy hozir uyga — Shvesiyaga uchishmoqda va tez orada oilalari bag‘rida bo‘lishadi», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Buning evaziga Shvesiya eronlik yuqori lavozimli sobiq amaldor Hamid Nuriyni ozod qildi. Nuriy 1988 yilda Eronda sodir etilgan harbiy jinoyatlar uchun Shvesiya sudi tomonidan bir umrga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Bayonotga ko‘ra, almashinuv O‘mon vositachiligida amalga oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!