Shvesiya tark etgan har bir migrantga 30 ming yevro to‘laydi

Shvesiya tark etgan har bir migrantga 30 ming yevro to‘laydi

Shvesiya hukumati o‘z vataniga qaytmoqchi bo‘lgan har bir muhojirga ko‘chirish uchun 30 ming yevrogacha grant berishni taklif qildi. Tashabbus, ayniqsa, Shvesiya jamiyatiga integrasiyalashuvi qiyin bo‘lganlar uchun ixtiyoriy qaytish migrasiyasini rag‘batlantirishga qaratilgan.

Shvesiya demokratlarining migrasiya siyosati bo‘yicha vakili Lyudvig Asplen 12 sentyabr kuni ko‘chirish 2026 yilgacha yakunlanishi kerakligini aytdi.

«Shvesiyaga ommaviy immigrasiya sabab bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun qaytib migrasiya kerak», dedi u.

❕ Shvesiya parlamenti deputati Charli Veymersga ko‘ra, bunday qadam «Shvesiyani yana xavfsiz holatga keltirish», «o‘n yillik liberal migrasiya siyosatiga chek qo‘yish» uchun zarur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!