«Shum bola»dagi Omon bilan suhbat. U nega san’atni tark etgan?

A A A
«Shum bola»dagi Omon bilan suhbat. U nega san’atni tark etgan?

O‘zbek san’atida birgina qo‘shig‘i yoxud filmdagi roli orqali tomoshabinlar yodida qolgan, ammo keyinchalik turli omillar sabab boshqa kasb etagini tutganlar ko‘plab topiladi.

Kun.uz ana shunday insonlarni izlab, ular bilan suhbat uyushtirish maqsadida yangi «Unutilayotgan chehralar» loyihasini boshlashga qaror qildi.

Ilk mehmonimiz 44 yil avval kinorejissyor Damir Salimov tomonidan suratga olingan,  haqli ravishda tomoshabinlar ko‘ngil mulki va o‘zbek kinosining oltin fondidan o‘rin egallagan «Shum bola» badiiy filmidagi Omon roli ijrochisi, 56 yoshli Saidkarim Saidoripov bo‘ldi.

– Saidkarim aka, tahririyatimizga xush kelibsiz. Sizni topish va aloqaga chiqish biroz qiyin kechdi. Hozir texnika asri bo‘lishiga qaramay, qo‘l telefon tutmasligingizning boisi nima?

– Taklif uchun sizlarga ham rahmat. Nega telefon ishlatmasligimning sababini ko‘pchilik so‘raydi. Lekin telefonda gaplashgani odam yo‘q (kuladi). Diydorlashib, suhbatlashgisi kelgan o‘rtoqlarimning o‘zi uyimga kelishadi. Jurnalistlar esa ukam, jiyanlarim orqali izlab, topishadi. Ko‘p yildan beri telefon tutmayman va bu meni o‘ylantirmaydi ham.

– «Shum bola»ga kelib qolishingiz va Omon roliga tayinlanishingiz qanday kechgan?

– 1975 yili bolalar gazetasida Qoravoy roli uchun tanlov e’lon qilingan. Maktabda ustozimiz Vasila Olimxonova o‘quvchilar o‘rtasida kichik sinov tashkil etgan va men g‘olib bo‘lganman. Shundan keyin ular meni «O‘zbekfilm»ga olib borgan. U yerda respublikaning turli hududlaridan kelgan minglab bolalar qatori kino sinovda qatnashganman. Saralangan ishtirokchilardan oxirida Abdurayim Abduvahobov ikkimiz qolganmiz.

Ko‘pchilik bilsa kerak, avvaliga bosh rolga meni tasdiqlashgan. Keyinroq Qoravoy roli Abdurayimga topshirildi.

– O‘shanda necha yoshda edingiz?

– 12ga kirgandim, 1975 yil edi.

- Syomka jarayonlari qayerda bo‘lib o‘tgan?

- Film Isfara, Andijon va Toshkentdagi Chaqar, Sag‘bon mahallalarida suratga olingan. Biroq qancha gonorar olganim yodimda yo‘q.

– Film omma e’tiboriga havola etilgach, maktab va mahalla-ko‘yda ancha mashhur bo‘lib ketganingiz shubhasiz.

– Albatta. Lekin kino bir, ikki yildan so‘ng efirga uzatilgan. Meni syomka maydonchalariga Ergash Karimov mashinada olib ketardi. Film ekranlarda namoyish qilinishini o‘zim qatori maktabdagilar, qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar sabrsizlik bilan kutganmiz. Ancha shov-shuv bo‘lganimni hech unutmayman.

– Omon roli ijrochisi ekaningizni ko‘pchilik biladimi?

– «Shum bola»da rol o‘ynaganimni qo‘shnilar, qarindoshlar va mahalladagi keksalar bilishadi xolos.

– Filmni hozir televizorda ko‘rib qolsangiz, qalbingizda qanday hislar kechadi?

– Beixtiyor bolaligim jonlanadi ko‘z oldimda. Juda sho‘x va o‘yinqaroq edim. Bola bo‘lganim uchunmi, menga filmdagi voqealar xuddi hayotda bo‘layotgandek tuyulgan.

Hozir film ekranda qo‘yilsa, uydagilar darrov yig‘ilishadi va filmni birga ko‘ramiz. Takror tomosha qilishdan zerikmaymiz. Ularni qiziqtirgan savollariga javob qaytaraman. Omon roli men uchun faxr, g‘urur hisoblanadi. Milliy kinomiz durdonalari qatoridan munosib o‘rin olgan mazkur kinoasarda suratga tushganimga doim shukr qilaman.

- «Shum bola»dagi aktyorlar, xususan, Abdurayim Abduvahobov bilan hozir munosabatlaringiz qanday?

Juda kam ko‘rishamiz. U san’atni tanlagan, men tadbirkorman. Ularning barchasi san’at darg‘alari bo‘lib ketishdi, men esa kichik rol o‘ynaganman xolos.

– Uch, to‘rt yil avval sizni vafot etdi, degan xabarlar tarqalgandi. Ammo bu mish-mish bo‘lib chiqdi.

– Ko‘rib turganingizdek, soppa-sog‘man (kuladi). O‘shanda «Darakchi» gazetasida «Shum bola» to‘g‘risida maqola chiqqan va unda filmda rol o‘ynagan marhum aktyorlar qatorida mening ham ismimni ta’kidlab o‘tishgan.

Bundan xabar topgach, darhol gazeta xodimlariga tirikligim haqida xabar berganman. Nazarimda, rejissyor va san’atkorlar nazaridan chetdaligim tufayli jurnalistlar shunday fikrga borishgandir.

– Nega keyinchalik san’at sohasidagi faoliyatingiz davom etmadi?

– 15 yoshimda rejissyor Shuhrat Abbosovning «Olovli yo‘llar» filmida qatnashdim. Lekin biror kasbni tanlab, katta hayotga qadam qo‘yish arafasida ota-onam kinolarda suratga tushishimga jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. Tanlovimni qo‘llab-quvvatlamay, iqtisodchi bo‘lishimni istashdi.

1980-1985 yillar sobiq Toshkent davlat universitetining falsafa-iqtisod fakulteti siyosiy iqtisod yo‘nalishida o‘qidim. O‘z soham bo‘yicha bir qancha tashkilotlarda ishladim. Ayni paytda esa tadbirkorman.

«Shum bola» badiiy filmidan kadr

– Shaxsiy hayotingiz borasida ham ikki og‘iz gapirib o‘tsangiz?

– Bu haqda gapirishni istamayman...

– Bugungi o‘zbek kinolarini kuzatasizmi?

– Ayrim paytlarda ko‘raman. Eski filmlarning yo‘nalishi boshqacha edi. Keyin kinolar yillab suratga olinardi. Hozir bir oyda tayyorlanyapti, mazmunan sayoz.

– Suhbatimiz davomida juda ham kam gap ekanligingizga amin bo‘ldik.

– Ancha yil oldin yurak xastaligidan aziyat chekkanimdan keyin ko‘p gapirmayman. Kamgapligimni ko‘pchilik aytadi.

– Qanday oilada tug‘ilib, ulg‘aygansiz?

– Dadam haydovchi edi, onam boshchiligida biz o‘g‘il-qizlar gulchilik qilardik. Yetti farzandning beshinchisiman.

Mirolim ISAJONOV suhbatlashdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

Эълон қилинган расмий маълумотларга кўра, Ўзбекистон — Колумбия ўйини учун ҳозирги соатгача роппа-роса 74 725 та чипта сотиб бўлинган.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

Qurbonlar bor! Qarshi tumanida sodir bo‘lgan portlash to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Дастлабки маълумотга кўра, 4 та автомобиль (2 та кобалт, 2 та газ ташишга мўлжалланган автомобиль) ҳамда 2 та ер остидаги ёқилғи сақлаш резервуари ёниб зарарланган.

Kuba fuqarolarga qurol tarqatishni boshladi

​Нашр маълумотларига кўра, бу орол атрофида кескинликнинг кучайиши ва Вашингтоннинг минтақадаги ҳарбий иштироки ортиши билан боғлиқ.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Zo'r TV telekanali 13-iyun kuni JCH-2026ning 4 ta o‘yinini jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун жаҳон чемпионатининг 1-туридан ўрин олган 4 та баҳсни жонли эфирда трансляция қилади.

Qatar Eronga 12 milliard dollar taklif qildi

Қатар Эроннинг музлатилган активлари атрофидаги баҳсни ҳал этиш бўйича музокаралар доирасида Теҳронга 12 миллиард долларлик молиявий кўмак пакетини таклиф қилди.

AQSh Ukrainani Rossiyaning "Oreshnik" raketasi bilan zarba berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Бу ҳақда Украина ҳукуматидаги манба хабар берди.

Turkiyada uch kun ichida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Бундан ташқари, узоқ вақт давомида онкологик касаллик билан курашиб келган 58 ёшли ўзбекистонлик аёл Истанбулдаги шифохоналардан бирида вафот этган.

So‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino hodisasi yaqinlashmoqda. Bu butun dunyodagi ob-havoga ta’sir qilishi mumkin

Маълумот учун, Эл-Нино — ҳар икки йилдан етти йилгача бўлган даврда такрорланиб турадиган иқлим ҳодисасидир.

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili

Берлиндаги Фан ва сиёсат жамғармаси (SWP) эксперти Янис Клюге 2026 йилнинг январ-март ойлари якунлари бўйича шундай баҳо берди. Унинг маълумотларига кўра, ушбу даврда Россиянинг ҳарбий харажатлари янги максимал даражага — 5,9 триллион рублга етган.

Isroil: Eron masalasida AQShdan mustaqil harakat qilamiz

Исроил мудофаа вазири мамлакат Эрон билан боғлиқ хавфсизлик масалаларида АҚШдан мустақил қарор қабул қилишда давом этишини билдирди.

Qashqadaryoda o‘zini prokuror deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Қашқадарё вилоятида бир шахс ўзини прокурор сифатида таништириб, фуқародан пул талаб қилган.

AQSh va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Терговга қадар текширув давомида, у муқаддам 1999 й.т. бошқа бир фуқарони ҳам Жанубий Кореяга ишга юборишни ваъда қилиб, пул олганлиги маълум бўлди.

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinidan jasad topildi

Марҳумнинг шахси ҳозирча сир сақланмоқда.

Yakkasaroydagi ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга асосан қутқарув бўлинмалари соат 10:23 да воқеа жойига етиб борган ва ҳозирда ёнғинни ўчириш ишларини амалга оширмоқда.

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik takomillashtirildi

Қонун (ЎРҚ–1151-сон, 11.06.2026 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.