Shri-Lanka musulmonlariga mol so‘yish taqiqlanishi mumkin

Shri-Lanka musulmonlariga mol so‘yish taqiqlanishi mumkin

Shri-Lankadagi hukmron Podujana Peramuna partiyasi mamlakat miqyosida mol so‘yishni taqiqlash taklifi bilan chiqdi, deya xabar beradi Islamnews. 

Holbuki, mol go‘shti mahalliy musulmonlar va nasroniylar taomnomasining bir parchasi hisoblanadi. Buddaviylar va hindlar esa diniga va madaniyatga zid bo‘lgani uchun mol go‘shtini iste’mol qilmaydi.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Shri-Lankada kishi boshiga to‘g‘ri keladigan yillik mol go‘shti iste’moli miqdori 1,8 kiloni, tovuq go‘shti 7,9 kiloni, cho‘chqa go‘shti esa 320 grammni tashkil etadi. 

Mahalliy buddaviylar ko‘p yillardan beri mol so‘yishni taqiqlashga chaqirib keladi. Musulmonlarga qarshi kayfiyat kuchaygan hozirgi paytda bu chaqiriq amalga oshadigan ko‘rinadi. Bosh vazir Maxinda Rajapaksa o‘z partiyasining parlamentdagi fraksiyasidan bu borada rozilik olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!