Shomurodovni "Yuventus"ga taklif qilishdi

Shomurodovni "Yuventus"ga taklif qilishdi

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo joriy mavsumda hujumchi Eldor Shomurodovni o‘z rejalariga kiritmayapti. Shu bois, jamoa uni sotib yuborishga qaror qilgan. Bu haqda Italiya matbuoti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, turinliklar ushbu taklifga rad javobini berishgan. "Yuve" yuqori saviyadagi hujumchi izlamoqda. "Keksa sinyora" ayni paytda "Barselona" hujumchisi Memfis Depayni xarid qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.

"Roma" esa Shomurodovni sotish masalasini hal qilgach, "Torino"ni tark etgan Andrea Belotti bilan shartnoma imzolaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!