Shols, Putin unga yoki Germaniyaga telefon orqali tahdid qilmaganini aytdi

Shols, Putin unga yoki Germaniyaga telefon orqali tahdid qilmaganini aytdi

Germaniya kansleri Olaf Sholsning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon suhbatlarida unga ham, Germaniyaga ham tahdid qilmagan.

Bu haqda Bild am Sonntag nashri xabar bermoqda.

"Yo‘q, Putin menga yoki Germaniyaga tahdid qilmadi", dedi Shols.

Shu bilan birga, u Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha ularning butunlay boshqacha qarashlariga e’tibor qaratdi.

Kiyevga qurol yetkazib berish masalasida Germaniya kansleri Germaniya “kelajakda barcha qarorlarni juda sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishini” aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!