Shols Kulebaning bayonoti haqidagi savolga g‘azab bilan javob berdi

Shols Kulebaning bayonoti haqidagi savolga g‘azab bilan javob berdi

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning Berlinning Kiyevga tank yetkazib berishdan bosh tortgani haqidagi so‘zlarini g‘azab bilan izohladi.

Bu haqda The New York Times yozmoqda.

“Rahbarlik sizdan talab qilingan narsani bajarishingizni anglatmaydi. Yetakchilik - bu to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va juda kuchli bo‘lishdir”, - deydi Shols.

Avvalroq Kuleba Germaniyaning Kiyevga Leopard tanklarini yetkazib berishdan bosh tortishini “sir” deb atagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!