Shimoliy Koreya bitkoin zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi

Shimoliy Koreya bitkoin egalari soni bo‘yicha AQSh va Buyuk Britaniya hukumatlaridan keyin uchinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Maqolada aytilishicha, bu KXDR bilan bog‘liq bo‘lgan eng yirik Lazarus Group xakerlar guruhi xakerlari tomonidan 1,2 mlrd funt sterlingdan ortiq kriptovalyuta o‘g‘irlanganidan keyin sodir bo‘lgan.
FQB o‘tgan oy Bybit birjasiga o‘tkazilgan raqamli reyd chog‘ida guruh Ethereum kriptovalyutasida ushbu summani o‘g‘irlaganini tasdiqladi.
O‘shandan beri xakerlarning kriptovalyutani naqd pulga muvaffaqiyatli aylantirishini kuzatish va oldini olish maqsadida mushuk-sichqon o‘yini boshlandi, ammo xakerlar kamida $300 mlnni qaytarib bo‘lmaydigan mablaqqa o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu qadam Shimoliy Koreyaning umumiy bitkoin zaxiralarini 13 562 BTC ga oshirdi, bu taxminan $1,14 mlrdga baholanadi.
Bu mamlakatni milliy bitkoin egalari orasida uchinchi o‘ringa qo‘yib, 10 635 BTC to‘plagan Butan va 6 117 BTC to‘plagan Salvadorni ortda qoldirdi.