Shifokorlarni uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlagan bosh shifokor: rasmiy munosabat bildirildi

Shifokorlarni uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlagan bosh shifokor: rasmiy munosabat bildirildi

Tibbiyot xodimlarining haqorat qilinishi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi lavozimida ishlayotgan Baxtiyor Boltaboyevning o‘z xizmat xonasida qo‘l ostidagi xodimlari bilan o‘ta qo‘pol va hech qanday axloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan tarzdagi suhbati keng muhokama qilinmoqda.

Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi, SEOM tizimida mehnat qilayotgan ko‘p ming sonli tibbiyot sohasi xodimlari, viloyat jamoatchiligi bu holatdan nihoyatda mutaassir bo‘ldik.

Mazkur videoyozuvdagi voqelik – rahbar, tibbiyot sohasi vakili uchun sharmandali hol. Har qanaqasiga olganda ham o‘z xodimlariga bunday muomala ko‘rsatayotgan rahbarni umuman oqlab, tushunib bo‘lmaydi, deyiladi rasmiy munosabatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!