SHHTda Samarqand ruhi: Xorijlik haykaltaroshlar Samarqandda yig‘ildi (FOTOLAVHA)

SHHTda Samarqand ruhi: Xorijlik haykaltaroshlar Samarqandda yig‘ildi (FOTOLAVHA)

Bugun, 15 avgust kuni “Samarqand-2022” Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Simpozium Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

SHHTda Samarqand ruhi: Xorijlik haykaltaroshlar Samarqandda yig‘ildi (FOTOLAVHA)

SHHTda Samarqand ruhi: Xorijlik haykaltaroshlar Samarqandda yig‘ildi (FOTOLAVHA)

Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi.

"Ushbu haykaltaroshlik simpoziumi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilindi, – dedi Bosh vazir o‘rinbosari. – Maqsad – SHHTga a’zo davlatlar sammitda nafaqat geosiyosiy masalalarni muhokama qilishadi, balki, Samarqandning o‘zgacha bir ruhidan bahramand bo‘lishadi.

Qolaversa, mazkur simpozium orqali yosh haykaltaroshlarga xorijlik tajribali haykaltaroshlarning ishlarini kuzatish, o‘rganish va tajriba oshirish imkoni yaratib berildi.

O‘ylaymanki, bu yaratilayotgan san’at asarlari tarixda qoladi va Samarqandda SHHT sammitidek tarixiy voqea bo‘lib o‘tganini eslatib turadi".

Aziz Abduhakimov, shuningdek, Samarqandga tashrifi uchun xorijlik haykaltaroshlarga minnatdorlik bildirdi.

SHHTda Samarqand ruhi: Xorijlik haykaltaroshlar Samarqandda yig‘ildi (FOTOLAVHA)

SHHTda Samarqand ruhi: Xorijlik haykaltaroshlar Samarqandda yig‘ildi (FOTOLAVHA)

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasi raisi Ibragim Valixo‘jayev esa simpoziumning ahamiyati katta ekanligini ta’kidlab, mahalliy va xorijlik haykaltaroshlarning mehnatlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan qozog‘istonlik haykaltarosh Uljan Jaugasheva ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Toshlarda olamning butun siri, go‘zalligi va tarixi mujassam. Biz esa ana shu go‘zallikni yuzaga chiqarishimiz lozim. Men simpoziumda o‘z asarim orqali odamlarga qanday ajoyib dunyoda yashayotganimizni ko‘rsatishni, bu tuyg‘uni ifodalab berishni istayman", – dedi u.

SHHTda Samarqand ruhi: Xorijlik haykaltaroshlar Samarqandda yig‘ildi (FOTOLAVHA)

SHHTda Samarqand ruhi: Xorijlik haykaltaroshlar Samarqandda yig‘ildi (FOTOLAVHA)

SHHTda Samarqand ruhi: Xorijlik haykaltaroshlar Samarqandda yig‘ildi (FOTOLAVHA)

Ma’lumot uchun, simpoziumda O‘zbekiston, Eron, Hindiston, Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston haykaltaroshlari ishtirok etmoqda. Ular 10 sentyabrga qadar “Vatanparvar” bog‘idagi maydonda o‘z asarlarini yaratishadi. So‘ngra ushbu san’at asarlari Samarqand ko‘chalarini bezatadi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandga SHHT sammiti va xalqaro ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xorijlik rassomlar ham tashrif buyurgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!