Shayx hazratlarining Belarusdagi masjidga va Checheniston prezidentlariga qanday aloqasi bor?

A A A
Shayx hazratlarining Belarusdagi masjidga va Checheniston prezidentlariga qanday aloqasi bor?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1993–2001 yillar orasida yurt tashqarisida umr kechirdi. Dastlabki bir yarim yil Makkai Mukarramada, 1994 yil noyabridan 2001 yilgacha Liviyada istiqomat qilgan edilar. Hazratning Vatandan yiroqda bo‘lgan yillari, arab olamining islomiy ulamolari bilan munosabatlari va Checheniston prezidentlari bilan aloqalari haqida u kishining farzandi Ismoil Muhammad Sodiq bizga hikoya qilib berdi.

Shayx hazratlarining hijratdagi yillari qanday kechgan edi?

Shayx hazratlari xorijda yashagan davrlarida ko‘plab islomiy tashkilotlarning anjumanlarida qatnashganlar. Agar lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, Islom yurtlaridagi anjumanlarda Sobiq Ittifoq hududidan vakil sifatida qatnashganlar. Sobiq ittifoq mamlakatlari musulmonlari muammolarini ana shu davralarda, yig‘inlarda ko‘tarishga harakat qilganlar. Makkai Mukarramadagi Butun dunyo islom olami uyushmasida uzoq yillar davomida Sobiq ittifoq bo‘yicha maslahatchi lavozimida va shu tashkilotning ta’sis majlisi a’zosi sifatida ham xizmat qilganlar. U kishi Markaziy Osiyo va Sobiq ittifoq davlatlaridagi musulmonlarni arab olami islom ulamolari bilan bog‘lab turuvchi ko‘prik bo‘lganlar, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Hozirgi kunda turli musulmonlar tashkiloti rahbarlari buni e’tirof etadilar va ko‘p voqealarni xotirlab turadilar. Ularni mintaqa islom olimlarini bog‘lab turuvchi ko‘prik bo‘lganlar, deyishimizga yana bir sabab shuki, ular Sobiq ittifoq davrida mazkur hududda yagona hisoblangan Imom Buxoriy nomidagi Islom institutida uzoq yil mudarris bo‘lganlar. Keyinchalik mudir noibi va mudir bo‘lib ham ish yuritganlar. Shu vaqtda Sobiq ittifoqdagi barcha musulmon olimlari mana shu maskandan yetishib chiqqan. Toshkentdagi Islom institutida Tatariston, Boshqirdiston, Kavkaz davlatlari, Dog‘iston kabi Sobiq ittifoqdagi musulmonlar tahsil olganlar. Shayx hazratlari ularning ayrimlari bilan ustoz-shogirdlik aloqalari bo‘lgan va ayrimlari bilan birga o‘qiganlar. Shu sababli ham xorijga chiqqanlarida ko‘pchilikni tanir edilar. O‘zaro aloqalari keyinchalik ham davom etib turgan.

Checheniston Respublikasining bugungi kundagi Prezidenti Ramzan Qodirovning otasi Ahmad Qodirov bilan aloqalariga kelsak, yuqorida aytib o‘tganimdek, Ahmad Qodirov Toshkentdagi Islom institutida o‘qigan. U o‘qigan vaqtlarida hazratga shogird hisoblangan. Ahmad Qodirov Chechenistonning birinchi Prezidenti bo‘lgan vaqtlarida ham hazrat bilan aloqalari yaxshi bo‘lgan va ko‘p narsada Shayx hazratlari bilan maslahatlashib turar edi. Ramzan Qodirov hazratga otasining ustoziga, do‘stiga bo‘lgan munosabatini namoyon qilib, doim aloqada bo‘lib turgan”.

Shayx hazratlarining Vatanga qaytishlariga nima sabab bo‘lgan? Ularga ortiq tahdidlar yo‘qligini qanday bilgan edilar?

“Shayx hazratlarini Vatanga qaytishlari sababini ko‘pchilik biladi. 2000 yillarda Samarqandda o‘tayotgan press-konferensiyada adashmasam «Ozodlik» yoki «Amerika ovozi» radiosi muxbiri amaldagi Birinchi Prezident Islom Karimovga savol bergan: «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘zbekistonga qachon qaytadi yoki qaytib kelsa bo‘ladimi?» degan mazmunda. Islom Karimov: «U kishi kelishi mumkin, Shayxning qaytishiga hech qanday monelik yo‘q», deya javob bergan. Shundan so‘ng hazrat qaytishga harakat qilganlar. Maslahatlar asosida hazrat 2000 yil boshida O‘zbekistonga qaytib kelganlar. Bir hafta turib, bir yil o‘tgach, butunlay qaytib kelganlar va faoliyatlarini shu yerda davom ettirganlar.

Shayx hazratlari doim Vatanga qaytishni xohlaganlar va doimo Vatanning o‘yi bilan yashaganlar. O‘sha vaqtdagi butun yozgan asarlarini o‘zbek xalqining ta’lim tarbiyasi uchun kelajakda bo‘lsa ham sharoit bo‘lganda nashr etiladi deb yozib borganlar. Ular faqatgina o‘zbek tilida ijod qilganlar. O‘zlari xorijda bo‘lsalar ham, fikrlari doim O‘zbekistonda bo‘lgan. O‘zbek xalqini islomiy ilmi, ta’lim-tarbiyasi uchun xizmat qilganlar. Faqat kitob yozish emas, balki o‘sha vaqtlarda «Ozodlik», «VVS», «Amerika ovozi» o‘zbek yoki rus tilida eshittirishlar beradigan radiolar orqali dolzarb bo‘lgan masalalarda chiqishlar qilib turganlar. Saudiyada istiqomat qilgan damlarida Umra yoki Haj uchun borgan o‘zbek hamyurtlari bilan muloqot qilib turganlar.

Yaqinda bir voqea bo‘ldi nashriyotimizning katta muharriri Ahmad Muhammad Tursun Shayx hazratlari bilan xijratda birinchi uchrashganlarini xotirladilar. Shunda hazrat men bilan ko‘rishib, birinchi so‘ragan savollari «Xalqning ahvoli qanday, musulmonlarning ahvoli qanday?», deganlarini taajjub bilan esladilar. Ota-ona va yaqinlarini emas, birinchi xalqni so‘ragan edilar deb xotirlab aytib berdilar. Albatta, ota-ona va qarindosh-urug‘ning o‘z o‘rni bor. Hazrat ulardan doim xabar olib turganlar lekin, g‘amlari xalqimiz, musulmonlarimiz bo‘lgan.

Hazrat vafot etganlariga 5 yildan o‘tdi. Bu muddat ichida xorijlik musulmonlarning O‘zbekistonga kelishi ko‘paydi. Bugungi kunda ziyorat turizmi yo‘lga qo‘yildi. Shuning orqasidan hazratni yo‘qlovchilar ham ziyoratga kelishdi. Kelganlar albatta biz bilan ko‘rishadi, hazratning qabrlarini ziyorat qilishga harakat qilishadi. Undan tashqari, o‘zim ham ilmiy anjuman va tadbirlar munosabati bilan chet el safariga chiqib turaman, safarlar jarayonida hazratni yaxshi taniganlar bilan uzoq do‘stona munosabatda bo‘lganlar bilan ham ko‘rishamiz. Hazratning vafotlaridan keyin biz ham hazrat haqidagi xotiralarni imkon darajasida yig‘ib borishga harakat qilamiz. Xotiralarni tasvirga olib bir munchasini jamlab ham qo‘yganmiz. Ko‘p muloqotlarda hazratning islom olami bilan bo‘lgan xotiralarini aytib berishadi.

Sobiq ittifoq hududida hozirgi kunda diniy tashkilotlarga rahbar bo‘lib turgan insonlardan turli voqealarni ko‘plab eshitamiz. Yaqinda Belarusda katta bir masjid qurib bitkazildi. Ana shu masjidning poydevori qo‘yilishiga, bu masjid uchun islom olamidan mablag‘ olinishida ham bevosita hazratning o‘zlari ishtirok etganlari haqida bugungi kunda Belarus musulmonlari boshlig‘i Abu Bakr hazrat so‘zlab berdilar. Masjid 10 yil ichida qurib bitkazildi. Abu Bakr hazratlari «Alloh rahmat qilsin, masjidning birinchi poydevori qurilishiga Shayx hazratlarining o‘zlari sababchi bo‘lganlar», deb aytdilar. Bu kabi fikrlarni biz har bir mintaqadagi musulmonlardan eshitishimiz mumkin. Hazrat bilan birgalikda uzoq muddat farzand, shogird bo‘lganligimizga qaramasdan mana shu voqealar haqida xabarimiz bo‘lmagan. Chunki hazrat ko‘p narsalarni bevosita tegishli odam bilan hal qilib, bizga gapirmaganlar.

Shayx hazratlari O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur bo‘lganlarida birinchi bo‘lib Saudiya Arabistoniga borganlari aytiladi. Ularni Saudiyada qirol odamlari kutib olgani rostmi?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Vatanni tark etishga majbur bo‘lganlarida birinchi Saudiya Arabistoniga borgan edilar. Shayx hazratlarini o‘shanda Saudiya qirolligi vakillari kutib olishga harakat qilgani haqida meni ma’lumotim yo‘q. Meni bilganim shuki, o‘sha vaqtda O‘zbekistonni qachonlardir ota-bobolari tark etgan va hozirda Saudiyada avlodlari muqim yashab qolgan va katta mansabga ega bo‘lgan o‘zbeklar kutib olgan. Ularga joylashishga hayot kechirishga yordam qilishgan. Undan tashqari, hazrat islom olami uyushmasi ta’sis majlisi a’zosi bo‘lganlar. Ushbu tashkilot hazratga vazifa bergan va ularni Sobiq ittifoq bo‘yicha maslahatchi qilib saylagan.

Anora SODIQOVA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» bugun yarim final yo‘llanmasi uchun o‘yin o‘tkazadi

Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов тўп тепаётган "Манчестер Сити" бугун, 17 декабрь куни Англия Лига кубоги чорак финали доирасида ўз майдонида "Брентфорд"ни қабул қилади.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.