Senatning beshinchi yalpi majlisida yangi tahrirdagi Konstitusiya qabul qilingani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, muhokama qilingan qonun bilan Jinoyat-prosessual kodeksi hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, agar shaxsning o‘z aybini tan olgani unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi nazarda tutilmoqda. Sud jarayonida ishtirok etayotgan guvoh o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi ko‘rsatma bermaslik huquqi joriy etilyapti.
Qonun bilan sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to‘xtatib turish, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi joriy qilinmoqda. Shuningdek, sudya vakolatiga va odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi hamda ularning hisobdor emasligi belgilanyapti.
Oliy sudning qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish doirasi aniqlashtirilib, faqat o‘z vakolatlari doirasida masalalar kiritishi ham ko‘rsatilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
АҚШ Адлия вазирлиги компаниялар нархларни ошириш мақсадида тухум етказиб беришни сунъий равишда чеклаб қўйган ёки йўқлигини аниқлаш учун текширув бошлади, деб хабар берди Gefluegelnews 14 март куни.
Украина Президенти Курск операцияси туфайли Покровск ва Харков йўналишларидаги вазият барқарорлашганини, Россия учун эса Покровскка яна таҳдид солиш имкониятини топиш "жуда қийин бўлишини" таъкидлади.