Shaxsiy ma’lumotlarni O‘zbekistonda saqlash majburiy bo‘ladi

Shaxsiy ma’lumotlarni O‘zbekistonda saqlash majburiy bo‘ladi

Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritilib, veb-sayt egalariga O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekiston hududida saqlash majburiyati yuklandi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra:

— O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari jismoniy jihatdan O‘zbekiston hududida joylashgan va Davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tgan texnik vositalar yordamida qayta ishlanishi kerak;

— ma’lumotlarni lokalizasiya qilish talabi axborot texnologiyalari, shu jumladan Internet orqali ma’lumotlarni qayta ishlashga taalluqli;

— ma’lumotlarni lokalizasiya qilish, yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash talabi mulkdorda yoki operatorning zimmasida hisoblanadi.

O‘zgartirishlar uch oy ichida — aprel o‘rtalaridan boshlab kuchga kiradi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!