Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizasiyasi I Xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizasiyasi I Xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

Hurmatli forum ishtirokchilari!

Aziz mehmonlar!

O‘zbekistonning qadimiy va mehmondo‘st zaminida ilk bor o‘tkazilayotgan Islom sivilizasiyasi Xalqaro forumining ochilishi munosabati bilan sizlarni samimiy tabriklayman.

Dunyoning qirqdan ortiq mamlakatlaridan tashrif buyurgan taniqli olimlar, nufuzli xalqaro tashkilotlarning vakillari, davlat va jamoat arboblari, madaniyat va diniy konfessiyalar namoyandalari ishtirok etayotgan ushbu anjumanning O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazida o‘tkazilayotgani chuqur tarixiy va ramziy ma’noga ega. Bu yirik xalqaro tadbir jahon hamjamiyatining islom sivilizasiyasiga, uning boy ma’naviy, ilmiy va madaniy merosiga qiziqish va e’tibori ortib borayotganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda dunyo chuqur va shiddatli o‘zgarishlar davrini boshidan kechirmoqda. Insoniyat fan va texnologiyalar sohasida mislsiz yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda, ayni vaqtda jiddiy sinov va muammolarga ham duch kelmoqda: mojarolar va o‘zaro ishonchsizlik kuchaymoqda, buzg‘unchi mafkuralar, toqatsizlik, ekstremizm, islomofobiya ko‘rinishlari keng tarqalmoqda. Madaniyatlar, dinlar va sivilizasiyalarni bir-biriga qarshi qo‘yish, turli xalqlarning urf-odat va an’analari o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga urinishlar avj olmoqda.

Bunday murakkab vaziyatda azaldan bashariyatning tinch-totuv hayoti, hamjihatlik va ma’rifatga intilishi, tadrijiy rivojlanishi uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilib kelgan ezgu tushunchalar, jumladan, islomiy qadriyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Barchamizga ayonki, bu qadriyatlar asrlar davomida ilmiy taraqqiyot, madaniy yuksalish va ma’naviy kamolotning qudratli manbai sifatida jahon tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan va umuminsoniy merosning ajralmas qismiga aylangan.

Shu ma’noda, 2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbaridan O‘zbekiston ilgari surgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” degan konseptual g‘oya oddiy, ammo o‘zgarmas bir haqiqatni tasdiqlaydi: bugungi notinch va tahlikali dunyoda faqat ilm-fan, ta’lim va tarbiya, madaniyat va yuksak axloqiy qadriyatlargina yer yuzida tinchlik, o‘zaro tushunish, ijtimoiy hamjihatlik va barqaror rivojlanish uchun ishonchli poydevor bo‘la oladi.

Muqaddas islom dinimiz insonni aziz va mukarram bilib, haqiqatni izlashga, ilm-ma’rifatga intilish, ilmiy kashfiyotlar qilishga, bunyodkor mehnatga, ta’lim, san’at va madaniyatni rivojlantirishga ilhomlantirib keladi.

Butun insoniyatning umumiy boyligi bo‘lgan bu noyob merosda mintaqamizning ham munosib hissasi bor. Ushbu bepoyon hudud jahon ilm-fani, ma’rifat va ma’naviyatining e’tirof etilgan yirik markazlaridan hisoblanadi. Ana shu muborak zaminda asrlar davomida matematika, astronomiya, geodeziya, tibbiyot, kimyo, tarix, falsafa, kalom, hadisshunoslik va boshqa ko‘plab ilm sohalari yuksak taraqqiy etgan. Xususan, ulug‘ vatandoshlarimiz – Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy singari mumtoz allomalarning bebaho merosi jahon tafakkur xazinasidan munosib o‘rin egallaydi.

Yurtimiz tarixida amalga oshirilgan, Birinchi va Ikkinchi Renessans deb nom olgan buyuk yuksalish davrlarida erishilgan noyob ilmiy-madaniy yutuqlar hozirgi kunda ham insoniyatni yangi marralar sari ruhlantirib kelmoqda. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston jahon hamjamiyati bilan hamkorlikda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidan qat’iyat bilan bormoqda.

Biz bu yangi Uyg‘onish davrini ilm-fan, innovasiyalar, zamonaviy ta’lim, jamiyatning ma’naviy-intellektual o‘sishi, boy tarixiy merosimizga chuqur hurmat va har bir insonning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga asoslangan yangi taraqqiyot bosqichi sifatida ko‘ramiz.

Shu bois, mamlakatimizda islom sivilizasiyasining boy va betakror merosini qayta tiklash, asrab-avaylash, o‘rganish va keng targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu tizimli ishlar, avvalo, islom merosini chuqur tadqiq etish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, fundamental ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu jarayonda islom sivilizasiyasining buyuk namoyandalari hayoti va faoliyati bilan bog‘liq muqaddas qadamjolar hamda tarixiy-madaniy majmualarni qayta tiklash va obodonlashtirish bo‘yicha misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, Samarqand viloyatida buyuk muhaddis Imom Buxoriy memorial majmuasining qaytadan barpo etilishi nafaqat mamlakatimiz, balki butun musulmon olamida eng yirik ma’naviy, ilmiy va ma’rifiy markazlardan biri sifatida e’tirof etilayotgani bizni albatta quvontiradi. Azaldan buyuk sivilizasiyalar, madaniyat va dinlar tutashgan O‘zbekiston zamini bugungi kunda ham turli millat va elatlar, diniy konfessiya vakillari tinchlik, o‘zaro ishonch va hamjihatlik muhitida yashaydigan ezgulik diyoriga aylanib bormoqda. Ana shu ochiqlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik an’analari davlat siyosatimizning asosiy tamoyillarini tashkil etib, mamlakatimizning xalqaro gumanitar hamkorlik, madaniyatlar va sivilizasiyalar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlash yo‘lidagi intilishlarining mazmun-mohiyatini belgilab bermoqda.

Hurmatli forum ishtirokchilari!

Muqaddas Qur’oni karimning “Iqro!” ya’ni “O‘qi!” degan abadiy da’vati dunyodagi barcha ezgu niyatli kishilarning bugungi va kelajak avlodlar baxt-saodatini ko‘zlab amalga oshirayotgan olijanob harakatlari uchun yo‘lchi yulduz vazifasini bajaradi. Oradan necha asrlar o‘tganiga qaramasdan, ushbu ilohiy chorlovning teran ma’no-mazmuni o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Aksincha, jadal o‘zgarishlar va texnologiyalar mislsiz sur’atlarda rivojlanayotgan hozirgi davrda bu chaqiriq yanada baralla yangrab, aynan ilm-ma’rifat, ma’naviy va intellektual taraqqiyot jamiyat ravnaqining hal qiluvchi kuchi ekanini butun bashariyatga eslatib turibdi.

Bu muborak kalom O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazining asosiy darvozasi peshtoqiga bitilgan bo‘lib, uning oliy maqsadini – islom sivilizasiyasining bebaho merosini asrash va chuqur o‘rganish, shu asosda dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashdek ulug‘ missiyasini aniq belgilab beradi. Biz uchun mazkur Markaz xalqimizning tarixiy xotirasi ramzi, buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan chuqur ehtirom ifodasi, ayni paytda Yangi O‘zbekistonning kelajakka qaratilgan shiddatli intilishining yorqin timsolidir.

Shu bilan birga, u ochiq intellektual makon bo‘lib, o‘z hayotini ilm-fanni rivojlantirish, umuminsoniy qadriyatlarni asrash va kelgusi nasllarga bezavol yetkazishga bag‘ishlagan dunyodagi barcha ma’rifatparvar insonlarni, olim va tadqiqotchilar, diniy arboblar va mutaxassislarni birlashtirishga xizmat qiladi.

E’tiborlisi shundaki, Markaz qisqa vaqt ichida o‘tmish bilan kelajakni, Sharq bilan G‘arbni, qadim an’analar bilan zamonaviy ilmiy yutuqlarni o‘zaro bog‘laydigan intellektual ko‘prikka aylandi. Shu bois, biz Islom sivilizasiyasi I xalqaro forumini turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar, ilmiy markazlar, universitetlar va muzeylar, kutubxonalar va tadqiqot institutlarining intellektual salohiyatini birlashtiruvchi global hamkorlikning yangi bosqichi deb baholaymiz va bu borada qo‘shma harakatlar dasturi qabul qilinishiga umid bildiramiz.

O‘zbekiston xalqaro hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha va tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor. Buning uchun Islom sivilizasiyasi markazida fundamental ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro forum va konferensiyalar tashkil etish, qo‘shma nashrlar tayyorlash, ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda jahonning yetakchi ilmiy va madaniy markazlari bilan keng ko‘lamli gumanitar hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Biz ilm va ma’rifat zamonamizning eng buyuk birlashtiruvchi kuchi ekaniga, uning bunyodkorlik asosi, tinchlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori bo‘lib qolishiga qat’iy ishonamiz va barchangizni shu ezgu maqsad yo‘lida hamkorlikka chaqiramiz.

Muhtaram do‘stlar!

Sizlar forum doirasida Samarqand va Termiz singari tarixiy shaharlarimizda buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga bag‘ishlangan anjumanlarda ishtirok etar ekansiz, yurtimizda diniy-ma’rifiy qadriyatlarni tiklash va asrash, tinchlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, umuman, Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarimiz bilan yaqindan tanishasiz. Mehnatkash va mehmondo‘st xalqimiz vakillari bilan bo‘ladigan samimiy uchrashuv hamda muloqotlar sizlarni yangi ilmiy tadqiqotlar va badiiy asarlar, madaniy-gumanitar loyihalar yaratishga ilhomlantiradi, deb ishonaman.

Sizlarni yana bir bor chin qalbdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli faoliyatingizga rivoj, forum ishiga esa muvaffaqiyat tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Olimlar Yer aholisi sonini bosqichma-bosqich kamaytirish g‘oyasini ilgari surdi

Айрим мутахассислар муаммо аҳоли сонида эмас, балки ресурсларнинг адолатсиз тақсимланишида эканини таъкидламоқда.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.

Yuliya Mendel Zelenskiyni yolg‘on va’dalar va hokimiyatda qolish uchun urushdan foydalanishda aybladi

Собиқ матбуот котиби Зеленскийни "Украинанинг асосий муаммоси" ва урушнинг "асосий бенефициари" деб атади.

"Hey, dedi, Trampingni gapigayam..., dedi" - Netanyaxu Trampning chaqirig‘iga qaramay, G‘azoga hujumlarni to‘xtatishdan bosh tortdi

Исроил Бош вазири Беньямин Нетаньяху бу ҳақда ўзининг ижтимоий тармоқ саҳифасида эълон қилинган видеомурожаатида маълум қилди.

Ilon Mask Ukrainaga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish uchun Starlink taqdim etishdan bosh tortdi

Space X компанияси эгасига бундай илтимос билан Украина собиқ мудофаа вазири Михаил Фёдоров мурожаат қилган.

Isroil sudi "Hamas" jangarilari saqlanayotgan "Ksiot" qamoqxonasi atrofida timsohlar solingan zovurlar barpo etishni vaqtincha taqiqladi

Миллий хавфсизлик вазирлиги режасига кўра, ушбу зовур блокда сақланаётган маҳбусларни қўриқлайдиган тимсоҳлар учун мўлжалланган.

Kannavaro: “Men haqimdagi ma’lumotlarni terma jamoadagi “kalamush” tarqatayotgandir”

Бугун, 5 август куни Ўзбекистон футбол ассоциацияси (ЎФА) мажлислар залида миллий терма жамоа бош мураббийи Фабио Қаннаваро иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтди.

"Real" futbolchisiga 22 million yevro maosh ham kamlik qildi

Мадриднинг «Реал» клуби бразилиялик ҳужумчи Винисиус Жуниорга шартномани узайтириш бўйича янги таклиф билан чиқди

Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi taqdiri aniq bo‘ldi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро ўз лавозимида қолиши 100 фоизга ҳал бўлди.

Jahon chempionatidan qaytgan 25 yoshli futbolchi o‘z joniga qasd qildi

Бу ҳақда Sunday World нашри хабар берди.

Fermer ulkan sarimsoq yetishtirib, rekord o‘rnatdi (foto)

Бу ҳақда Washington Post нашри хабар бермоқда.

O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi

Мутахассислар куннинг энг иссиқ вақтларида очиқ ҳавода узоқ қолмаслик, кўпроқ сув ичиш ва болалар ҳамда кексалар саломатлигига алоҳида эътибор қаратишни тавсия этмоқда.

O‘n yildan so‘ng pulning ahamiyati deyarli qolmaydi

Америкалик миллиардер Илон Маск The Economist'га берган интервюсида сунъий интеллект ривожини энди тўхтатиб бўлмаслигини ва пулнинг аҳамияти қолмаслигини айтди.

Putin va Lukashenkodan "qutulish" kerak

Латвия Миллий Қуролли кучлари штаби офицери Янис Слайдинш Россия ва Беларус президентларидан ҳам худди Венесуэла ва Эрон раҳбарларидек "қутулиш" кераклигини маълум қилди.

Navoiyda erkakni qum bosib, halok bo‘ldi

Навоий вилояти Қизилтепа туманида таъмирлаш ишлари вақтида бахтсиз ҳодиса содир бўлди.

Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

Ўзбекистонда ота-оналарга фарзандига отасининг исмини фамилия сифатида бериш имконияти яратилади.

1 sentyabrdan avtobusga chiqish bilan yo‘lkira haqini to‘lash shart bo‘ladi

2026 йил 1 сентябрдан брутто-шартнома асосида фаолият юритаётган барча шаҳар автобусларида йўлкира тўлаш тартиби қатъийлаштирилади.

Eron AQSh bilan urush paytida Shimoliy Koreyadan qurol olgan

У мамлакатда хавфсизлик мустаҳкамланганини таъкидлади

Yaponiyada tayfun sabab 15 mingga yaqin bino elektrsiz qoldi

Ҳодиса оқибатида беш киши жароҳатланган.

Rossiya zarbalari oqibatida Kiyev viloyatida uch kishi halok bo‘ldi va uch kishi yaralandi

Ткаченконинг баёнотгиа кўра, ҳужум оқибатида турар жой биноси, хўжалик иншоотлари ва автомобилларга зарар етган

«Hududgazta’minot» tadbirkordan gaz uchun asossiz pul undirgan

Қорақалпоғистонда фермер хўжалигидан газ учун асоссиз ундирилган 96 млн сўмдан ортиқ маблағ қайтарилди. Ўрганишларда газ сарфини аниқлашда асосий қурилма ўрнига юқорироқ кўрсаткич қайд этган иккинчи ҳисоблагич маълумотларидан фойдаланилгани аниқланди.

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketib, beton to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Самарқандда юк машинаси кабинасида ёнғин чиқиши оқибатида оғир йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлди.

Toshkentda qizning intim suratlarini tarqatmaslik evaziga $3 ming talab qilgan erkak ushlandi

Эркак тезкор тадбир давомида пул маблағларини олаётган вақтда ушланади.

Migrantlar yana Yevropaga ommaviy kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Сеутага янги муҳожирлар оқими 15 августгача юз бериши мумкин.

AQSh Eron bilan to‘qnashuvda 1300 dan ortiq ATAKMS raketasini qo‘llagan

«Вашингтон Пост» нашри маълумотларига кўра, АҚШ Эрон билан тўқнашувнинг дастлабки ҳафталарида 1300 дан ортиқ АТАКМС ракетасидан фойдаланган.

Britaniyada "O‘lim" kostyumidagi erkak shifoxona tomiga chiqib, bemorlarni sarosimaga soldi

Бу қилмиши учун суд уни 200 фунт стерлинг жаримага тортган.

Milliy bog‘da 5 yoshli qiz suvga cho‘kib vafot etdi

Шифокорлар томонидан тақдим этилган маълумотномага кўра, марҳуманинг танасида ҳеч қандай тан жароҳати аломатлари аниқланмаган.

Toshkent viloyatidagi do‘konda yirik yong‘in yuz berdi

Ёнғин соат 13:48 да қуршаб олинган ва соат 14:09да тўлиқ бартараф этилган.

Moskvadagi portlashda Rossiya havo kuchlari bosh qo‘mondonining kuyovi halok bo‘ldi

Маълумот ўрнида, уруш бошланганидан бери Россияда икки йил ичида олтита генералга суиқасд қилинган.

"Uraldronzavod" bosh direktoriga suiqasd uyushtirildi

Тергов қўмитаси ушбу ҳолат юзасидан жиноий иш қўзғатди.

Iqlim isishi sababli matcha choyi yo‘qolib ketishi mumkin

Ҳароратнинг бор-йўғи 1 даражага кўтарилиши матча чойи ҳосилига ва унинг ўзига хос таъмига жиддий хавф туғдирмоқда. Натижада чой тобора тахирлашиб, нархи сезиларли даражада ошиши мумкин.

Jizzaxda 21 yoshli insta-bloger qiz YTHda vafot etdi (video)

Оғир тан жароҳати олган Орзигул Уразматова шифохонада вафот этган.

Ispaniya Ichki ishlar vazirligi: Seutada 2 ming nafar muhojir qolmoqda

Испания Ички ишлар вазири Фернандо Гранде-Марласка Сеута анклавига кирган 72 минг нафар муҳожирдан 70 минг нафари аллақачон Марокашга қайтарилганини маълум қилди.

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan ikki kishini qatl etdi

Бу ҳақда The Independent Эрон давлат оммавий ахборот воситаларига таяниб хабар берди.

AQShning Spokan shahri atrofidagi o‘rmon yong‘inlari 60 mingga yaqin kishini evakuasiyaga majbur qildi

Ҳокимият маълумотларига кўра, ёнғинлар оқибатида камида 600 та уй-жой, бизнес объекти ва бошқа иншоот вайрон бўлган.

Meksikada boshi uchun 5 mln dollar va’da qilingan narkobaron qo‘lga olindi

Фернандес Магалён автомобил ўғирлаш, товламачилик ва наркотик савдосида ҳам айбланмоқда. Унга нисбатан АҚШ Миллий хавфсизлик бошқармаси ҳам тергов олиб бормоқда.

DXX Rossiyadan noqonuniy olib kelingan dori vositalarini fosh etdi

Дастлабки ҳисоб-китобларга кўра, ушбу маҳсулотларнинг тахминий суммаси 600 млн сўмни ташкил этади.

Pokistondagi polisiya bo‘linmasi oldida xudkush terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Ҳодиса 2 август куни Афғонистон билан чегарадош Хайбар-Пахтунхва провинциясида содир бўлган.